So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Rustam Mirsodiqov: "Baribir kuchli jamoa g'alaba qozondi" Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: "Baribir kuchli jamoa g'alaba qozondi"

Kecha bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Xuddi shunday qiyin o'yin bo'lishini kutgan edim. Yakunda baribir "Bunyodkor" kuchli ekanligini va kuchli jamoa g'alaba qozonishini ko'rdik. SHunga qaramay bugun biz g'alabaga juda yaqin edik va ushlab qola olmadik. Hech bo'lmaganda durangga loyiq o'yin ko'rsatgan edik. Ochig'i tushunmay qoldim. oddiy xatolarga nega yo'l qo'ymoqdamiz?" - deya o'yin haqida dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi Rustam Mirsodiqov.

- "Metallurg" ning bugungi mag'lubiyatiga jamoaning "Buxoro" bilan uchrashuvdagi mag'lubiyati o'z tasirini ko'rsatgan ko'rinadi. Jamoa bo'sh o'yin ko'rsatdi.
- Unday deb o'ylamagan bo'lar edim. Biz har bitta uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Umuman bu ikki uchrashuv orasida farq katta. Mehmonda ko'proq himoyada o'ynadik. Uyda esa bugun ko'rib turganlaringiz oldingi chiziqda faolroq bo'ldik. 

- Bugun Doniyor Odilovni jarohat bilan tez tibbiy yordam maydonda olib chiqib ketdi. Uning holati haqida dastlabki fikrlar aytildimi?
- Hozir oyog'idan jarohat olgani aytildi. Hali yana tekshiruv bo'lsin yakuniy fikrni aytaman. Hozir ahvolini bilishim kerak men ham. O'ylaymanki jiddiy bo'lib chiqmaydi. 

- Keyingi uchrashuv "Olmaliq" bilan safarda bo'ladi va shu kuni "Olmaliq" stadioni ochilish uchrashuvi ham bo'lar ekan. Uydagi uchrashuvda g'alaba qozongan edik. Endi safar uchrashuvi oldidan nimalar deya olasiz?
- O'ylaymanki ushbu derbi juda ham keskin o'tadi. Har doim bu ikki jamoa boshqa jamoalarga qaraganda katta ahamiyatga ega bo'lgan o'yinni ko'rsatadi. Yigitlarni ushbu ketma-ket mag'lubiyatdan chiqarishimiz kerak. O'ylaymanki imkoniyatimizdan to'liq foydalansak g'alaba bilan qaytamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика