So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Rustam Do'rmonov: “Oxirigacha oliy ligada qolish uchun kurashamiz” Yangiliklar

Rustam Do'rmonov: “Oxirigacha oliy ligada qolish uchun kurashamiz”

“Navbahor” va “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin “lochinlar” bosh murabbiyi Rustam Do'rmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- Birinchi navbatda jamoamiz muxlislaridan uzr so'rayman. Futbolchilarimiz birinchi bo'limda yaxshi harakat qilishdi. Gol urish uchun bir qator imkoniyatlarga ham ega bo'ldik. Tezkor hujumchilarimizdan biri Abdumalik Abdullaev o'zi uchun yaratilgan vaziyatlarga golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo'limda yosh bolalarga hos tarzda yo'l qo'yilgan xatolar darvozamizga ikkita to'p kiritilishiga olib keldi.

“Qizilqum” jamoasi mahorat borasida jamoasizdan bir bosh ustun ekanligini namoyish etdi. Aynan shu sababli raqib futbolchilari vaziyatlardan foydalanishdi, biz esa imkoniyatlarni golga aylantira olmadik. Oldimizda yana uchta tur bor. Hozirdanoq tushkunlikka tushish niyatimiz yo'q. Oxirigacha oliy ligada qolish uchun kurashamiz. Barchasi biz uchun ijobiy tarzda yakun topadi degan umiddaman. Ayni paytda bir qator futbolchilarimiz jarohat tufayli jamoaga yordam bera olishmayapti.

Akram Bahriddinov ham bugun jarohati bo'lishiga qaramay ukollar yordamida maydonga tushib, imkoniyat darajasida yordam berishga harakat qildi. Yo'qotishlar o'rnini yoshlarimiz safida to'p surayotgan futbolchilar bilan to'ldirishga majburmiz.

"Navbahor" matbuot xizmati
Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика