So’nggi yangiliklar

14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  0 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  15 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5

Rustam Ashurmatov: "Navbahor" bilan OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Rustam Ashurmatov: "Navbahor" bilan OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz"

Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin mamlakatimizning mahoratli himoyachilaridan biri bo'lgan Rustam Ashurmatov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi.

SHundan so'ng, futbolchi “Navbahor” PFK matbuot xizmati uchun maxsus intervyu berdi.

- Rustam, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz!

- Rahmat! Fursatdan foydalanib, o'z tarixi va nomiga ega klub tarkibiga qo'shilganimdan xursand ekanligimni izhor etmoqchiman.

- Sizni jamoaga kim taklif qildi?

- Klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qilishdi. O'z navbatida shuni takidlamoqchimanki, so'nggi 3 mavsumni xorijda, yanayam aniqrog'i, Janubiy Koreya chempionatida o'tkazganligim bois, yaqinlarimni judayam sog'indim hamda faoliyatimni o'z yurtimizda davom ettirishga ahd qildim. Bundan xabar topgan Superliganing ko'plab klublari menga taklif bilan chiqishdi. Ammo yangi mavsumda “Navbahor” o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'yganligi, yani, Osiyo CHempionlar Ligasi (OCHL) yo'llanmasini qo'lga kiritishni niyat qilganligi, qolaversa, jamoani mamlakatimizning taniqli mutaxassislaridan biri, O'zbekiston milliy terma jamoasida birga faoliyat yuritgan mutaxassis Samvel Vyacheslavovich boshqarayotganligi, bundan tashqari, jamoadagi ko'plab futbolchilar bilan “Bunyodkor” klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasida birga to'p tepganligim, shuningdek, Namangan uyim Qo'qonga yaqin bo'lganligi bois, yangi mavsumda “Navbahor”da o'ynashga qaror qildim.

Yana shuni ham takidlamoqchimanki, klub bilan shartnoma imzolash arafasida Namangan viloyati hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek aka Samatov bilan suhbatlashib, shunga amin bo'ldimki, ular futbolni teran tushunadigan, haqiqiy futbol fidoyilari, jonkuyarlari ekan. SHunday fidoyi rahbarlar boshqaruvidagi klub bilan yangi mavsumda Xudo xohlasa, o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishamiz, degan umiddaman.

Fursati kelganida shuni ham aytish lozimki, namanganliklar taklifiga rozilik berishdan oldin oila azolarim, shuningdek, “Navbahor”da 2 yil davomida (2014-2015 yillarda) bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan tog'am Baxtiyor Ashurmatov bilan maslahatlashdim. Ular mening qarorimni qo'llab-quvvatlashdi. Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor”ning muvaffaqiyatlariga munosib hissamni qo'shish niyatidaman.




- Futbolchi bo'lishingizda tog'angiz Baxtiyor Ashurmatovning ham munosib hissasi bo'lsa kerak?

- Albatta! Aynan tog'amga havas qilib, shu kasbni tanlaganman, shuningdek, himoyachi bo'lganman. Tog'am futbolchi bo'lmaganida, taqdirim boshqacha kechishi ham mumkin edi. SHu bois, hozirgacha tog'amdan maslahat olib turaman.

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- Albatta, “Navbahor” ishqibozlarining tarifi barchaga malum. Mazkur jamoani tanlashimda ushbu omil ham ahamiyat kasb etdi. Muxlislardan jamoamizni doimo qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rayman. Biz ham ularning ishonchlarini oqlab, azaliy orzularini ro'yobga chiqarish, yani, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Baxtimizga ishqibozlar doimo sog'-salomat bo'lishsin.

Bizning malumot
Rustam Ashurmatov
– 1996 yil, 7 iyul kuni Qo'qon shahrida tug'ilgan.
Futbol bilan 6 yoshidan shug'ullanishni boshlagan.
“Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi.
Ampluasi:
himoyachi.
O'ynagan jamoalari: “Qo'qon-1912” (Qo'qon, 2015 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2016-2018 yillar), “Kvanju” (Kvanju, Janubiy Koreya, 2019-2020 yillar), “Kanvon” (Kanvondo, Janubiy Koreya, 2021 yil).
2022 yildan “Navbahor”da.
SHuningdek, o'z vaqtida O'zbekiston U-17, U-19 va U-23 terma jamoalari etakchilaridan biri bo'lgan. 2018 yili O'zbekiston U-23 yoshlar termasi safida Osiyo chempioni unvonini qo'lga kiritgan. 2017 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi.
Muxlislik qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid).
Havas qiladigan futbolchilari: Baxtiyor Ashurmatov va Serxio Ramos.
Oilali.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati




Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика