So’nggi yangiliklar

08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  0 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  0 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  3 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  10 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  14 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102

Rustam Abdullaev: “CHempionat qiziyapti” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “CHempionat qiziyapti”

“Qo'qon-1912” – “SHo'rtan” (2:1) uchrashuvi yakuniga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Rustam Rahmonovich ishtirok etdi.

- Bugun o'zinglar ham ko'rdinglar birinchi bo'limda 2:0 hisobida oldinda borib, ustunlikni o'zimizga olgandik. Lekin ikkinchi taym biroz qiyin kechdi. Bu tabiiy edi. CHunki raqib jamoa ham mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun kurashardi. O'ylaymanki bu ruhiyat bilan bog'liq. Har qanday jamoa ikkita yoki undan ortiq gol urib hisobda oldinda borayotganida shunday bo'ladi. CHunki g'alabani saqlab qolish uchun harakat qilinadi. Yigitlarimizda ham ikkinchi bo'limda shunday bo'ldi nazarimda. 


- Yanada ko'proq gol urishimiz uchun vaziyatlarga ega bo'ldik. Birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni 3:0 qilib olishimiz ham hech gap emasdi. SHunday bo'lganida bosim biroz pasaygan bo'lardi. Lekin bugun muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Oldin ham aytganman, futbolchilarimga ishonaman. Ular bugun irodasini ko'rsatdi. Buning uchun rahmat. 


- Muxlislar ham bugun bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatladi. Ularga alohida minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Qolaversa jonkuyar rahbarlarimiz ham bugun stadionga kelib, bizga dalda bo'ldi. Butun jamoa nomidan ularga rahmat aytaman. 


- Hujumchimiz Vladimir Argunning bugun tug'ilgan kuni edi. Yigitlar o'yindan oldin unga munosib sovg'a qilishga qattiq bel bog'lagandi. 


- “SHo'rtan” ham yaxshi jamoa. Tarkibida mahoratli o'yinchilar talaygina. O'yindan oldin qandaydir hadik bor edi. Umuman olganda chempionatdagi intriga oortib bormoqda. Kutilmagan natijalar bo'lyapti. Fikrimcha chempionat qizisa, bundan futbol yutadi. Muxlislar... Futbolchilar – deydi Rustam Abdullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика