So’nggi yangiliklar

17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:02Про лига. "Олимпик" "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)   0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  7 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  56 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12

Ruslan Kachur "Mashal"ga ko'rikka taklif etildi Yangiliklar

Ruslan Kachur "Mashal"ga ko'rikka taklif etildi

Ikkinchi davra uchun "Mashal" seleksiya ishlarini boshlagan. Jamoaga dastlab legioner Evgeniy Rodionov taklif etilganligi haqida xabar bergan edik.
Ushbu futbolchi murabbiylarda iliq taassurot qoldirmadi va o'z yurtiga jo'nab ketdi.

Endi jamoaga boshqa  legioner taklif etildi. 2 iyuldan mashg'ulotlarni boshlaydigan "Mashal"da ukrainalik boshqa bir legioner Ruslan Kachur taklif etildi. Ukrainaning birinchi divizionidagi "Gelios" klubidan taklif etilgan ushbu futbolchi,  birinchi liganing o'tgan yilgi to'purarlaridan biri hisoblanadi.

Hujumchi 1982 yil 9 iyunda Ukrainada tavallud topgan va ayni vaqtda 32 yoshda.

Katta futboldagi faoliyatini 2009 yilda boshlangan. SHu yili "Odesa" klubi safida maydonga tushib bitta gol muallifiga aylangan.  2010 yilda "Nyva Vinnycya" klubi azosiga aylangan. Yil davomida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib 5 ta gol muallifiga aylangan. 2011 yildan boshlab ayni kungacha "Gelios" tarkibida maydonga tushib kelmoqda.

Kachur o'tgan mavsum klubi safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. Undan tashqari bitta penaltidan aniq foydalangan bo'lsa, 7 ta golli uzatmani aniq amalga oshirgan. 1851 daqiqa vaqt davomida 5 marta ogohlantirilgan.

Futbolchi faoliyati davomida 6283 daqiqa maydonda harakat qilib, 24 ta gol muallifiga aylangan. 116 ta ucharshuvda 19 marta ogohlantirilgan.

"Gelios" klubi o'tgan mavsumni Ukraina birinchi divizionida 16 ta jamoa orasida  41 ochko bilan to'qqizinchi pog'onada yakunlagan.

Ushbu futbolchi "Mashal"ning davralar oralig'idagi yig'inida ishtirok etadi. Agar jamoa murabbiylarida iliq taassurot qoldira olsa futbolchi bilan shartnoma imzolanadi. Qo'shimcha qilib o'tish joizki, ushbu hujumchi jamoamizning may oyidagi, Muborakda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarida ham bir hafta ishtirok etib qaytgan edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика