So’nggi yangiliklar

00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  1 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  4 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  21 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1

Ruslan Jiyanov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolagach "Olimpik"ka qaytadi Yangiliklar

Ruslan Jiyanov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolagach "Olimpik"ka qaytadi

Kecha "Championat.asia"da "Olimpik" hujumchisi Ruslan Jiyanov Rossiya klubiga o'tgani haqida xabar berilgan edi.

Eshitdik-da! Jiyanov Rossiyaga ko'chib o'tdi

Saytimizga ushbu kelishuvning detallari malum bo'ldi. 21 yoshli futbolchi tez orada "Nijniy Novgorod" (Pari NN) klubi bilan bir necha yillik shartnoma imzolaydi va ijara asosida "Olimpik"ka qaytadi. Kelishuvga ko'ra, Jiyanov boshlanajak mavsumni Timur Kapadze jamoasida o'tkazadi. Lekin, rus klubi uni qishgacha kutib o'tirmay yozda ham ijaradan qaytarib olishi mumkin bo'ladi. Bunisi endi mayda faktorlarga bog'liq. Bunday yo'l tutilishidan maqsad, oldinda turgan Olimpiadaga yo'llanma beruvchi Osiyo chempionati oldidan OTJning muhim o'yinchilaridan birini doimiy o'yin amaliyoti bilan taminlash.

"Pari NN" tarkibida yana bir o'zbekistonlik o'yinchi Ibrohimhalil Yo'ldoshev ham harakat qiladi.


"Olimpik" jamoasi bugundan yig'inni boshladi va unda Ruslan ham ishtirok etmoqda. U allaqachon Rossiyadan qaytgan va jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilgan. Ammo, hali ruslar bilan shartnoma imzolanmagan. Tomonlar og'zaki kelishuvga erishishgan.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilni "Olimpik" tarkibida o'tkazgan 21 yoshli Jiyanov 28 uchrashuvda 6ta gol urgan va 4ta golli pas bergan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика