So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

Ruslan Ahmedov: "Asta-sekinlik bilan moliyaviy tomondan barqarorlashyapmiz" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Asta-sekinlik bilan moliyaviy tomondan barqarorlashyapmiz"

Pro-liganing 14-turi doirasida "Andijon-SGS" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Xorazm" bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.


- "Xorazm" jamoasi muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinimiz barchaga yoqdi deb o'ylayman. CHunki jamoamiz juda harakatchan o'ynadi. Uchrashuvning dastlabki 10-15 daqiqaligida 3-4ta yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ushbu vaziyatlarni golga aylantirish kerak bo'lganida yigitlarda hayajon kuzatilmoqda. Birinchi gol urilgandan keyin temp pasayib ketdi. Tanaffusda yigitlarga qattiq gapirdim. CHunki futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Birinchi bo'lim bilan futbol tugamaydi. Ikkinchi bo'limda harakatlarni ko'paytirdik va ko'proq vaziyatlar yaratdik. SHularning ikkitasini golga aylantirdik. Hammani g'alaba bilan tabriklayman. CHiroyli o'yin bo'ldi. Endi navbatdagi o'yinlarga tayyorlanamiz. Bir o'yinimiz qoldirilgani sababli kubok bahsini qo'shsak, 3 safar uchrashuvini o'tkazamiz. 

- Jamoa ikkita o'yinda 6ta gol urdi. "Xorazm" hujum chizig'ining ishlari o'nglanyapti, desak bo'ladimi?

- Taktik jihatdan ayrim narsalarni o'zgartirdik. Birinchi davrada moliyaviy holat sababli yigitlarning ruhiy holatiga tasir bo'ldi. SHu boisdan o'yin natijalarida ham bu sezildi. Sekinlik bilan barchasi barqarorlashib, yaxshi tomonga o'zgaryapti. Klub yigitlarning pullarini bermoqda. SHundan keyin omad ham kelayotgandek, vaziyatlardan foydalanyapmiz. Futbolda bunday holat ham bor. Yigitlarni moliyaviy tomonlama qiziqtirishsa, ishtiyoq bilan maydonga tushadi. Yaratilgan vaziyatlar ham golga aylanadi. Umuman olganda birinchi davrada ham yomon o'ynaganimiz yo'q, shunchaki vaziyatlardan gollar urishda omad kelmadi. Balki buni tasodif desa ham bo'ladi. Kubokda ham yaxshi o'ynadik, bugun ham. Davomli bo'lsin endi.

- Jamoaning navbatdagi o'yini "Aral"ga qarshi. Bu principial o'yin. Ushbu uchrashuvga alohida boshqacha tayyorgarlik ko'riladimi?

- Kubokda "Metallurg"ga qarshi o'yindan keyin "Aral" bilan o'yin 12 oktyabrga ko'chirildi. Ungacha ketma-ket safar o'yinlarimiz bor. "Aral"gacha hali anchagina o'yinlarimiz bor. 3 sentyabrda bo'lishi kerak edi bu uchrashuv. Endi o'sha kuni biz kubokda OKMK mehmoni bo'lamiz. 

- Ikkinchi davrada jamoaga kelgan yangi futbolchilar Temur Ismoilov hamda Qadamboy Nurmetov haqida fikr bildirsangiz.

- Ular ham yaxshi futbolchilar. Asta-sekinlik bilan jamoaga yaxshi qo'shilishmoqda. Ular jamoa yig'inlarida qatnashmagani sababli endi-endi o'zlarining jismoniy holatiga qaytishmoqda. Mana bugun ham jamoaga yaxshigina yordami tegdi. Kelasi o'yinlarda ular yanada kuchayib, chiroyli o'yinlar ko'rsatishiga umid qilib qolaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика