So’nggi yangiliklar

23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  0 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  1 22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  8 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  7 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  2 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  4

Rufat Akramxo'jaev: “Biz oliy ligaga chiqishdan qo'rqmaymiz” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “Biz oliy ligaga chiqishdan qo'rqmaymiz”

Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi O'zbekiston birinchiligida birinchi davrani ikkinchi o'rin bilan yakunladi.

Jamoaning salmoqli natijalariga Rufat Akramxo'jaev ulkan xissa qo'shib kelmoqda. Ushbu murabbiy jamoaga bir necha yildan deri ustozlik qilib kelmoqda. Biz Rufat Akramxo'jaev bilan chempionat o'yinlari haqida suhbatlashdik.

-  Birinchi davra “NBU-Osiyo” uchun qanday o'tdi?

-  Birinchi davra jamoamiz uchun juda ham mazmunli o'tdi deb ayta olaman. CHunki  dastlabki davrani ikkinchi o'rinda yakunladik. Futbolchimiz esa hozircha musobaqa to'purarlaria karvonboshilik qilmoqda.

-  Boshida ketma-ket g'alaba qozonayotgandinglar lekin birinchi davra o'rtalariga kelib biroz sustlashib qoldinglar. Bunga nima sabab bo'ldi?

-  CHempionat boshlanganda ketma-ket ikkita mag'lubiyatga uchradik. Ushbu mag'lubiyatlardan so'ng o'zimizga kerakli bo'lgan xulosani chiqarib taktikaga o'zgartirish kiritib burulish yarata oldik. SHu bilan ikkinchi o'rin bilan birinchi davrani yakunladik. Mag'lubiyatga uchragan o'yinlarda shogirdlarim biroz ko'proq o'ziga ishonch bildirib yuborishdi. SHuning uchun mag'lubiyat alamini ham totib ko'rdik. Yosh desam yosh emas, lekin baribir jamoada 3ta tajribali futbolchi bo'lishi kerak ekan.

-  Orifxo'ja Abduxoliqov ketma-ket gollar urayotgandi, lekin so'nggi o'yinlarda avvalgidek dubl qayt eta olmadi. Futbolchida charchoq alomatlari sezildimi yoki bo'lmasam omadi shunchaki kelmadimi?

-  Futbolchida charchoq alomatlari bo'lmadi. Bu erda Orifxo'ja Abduxoliqov yulduzlik kasaliga duchor bo'ldi. Yani hujumchida bo'shashish alomatlari sezildi. Orifxo'jani xayolida “biz boshqalardan kuchlimiz” degan fikr tug'ilgan. Ketma-ket ikkita mag'lubiyatning tagida ham xuddi shu narsa yotipti.


-  Mana shu narsani futbolchiga uqturmadizmi? Misol uchun Orifxo'jani chaqirib alohida suhbatlashmadizmi, yulduzlik kasaliga uchramagin deb?

-  Har bir futbolchi bilan mana shu narsa haqida suhbatlashaman. Zo'r futbolchi bo'lmasanglar ham o'z ustingizda tinmay mehnat qilishingiz kerak, deya takidlayman. O'sha ikkita ketma-ket mag'lubiyatga uchragan o'yinimizni boshqargan hakam uchrashuvni juda ham alo darajada boshqarib bordi.

-  Jamoa ikkinchi o'rinni egallab turipti. Agarda ushbu o'rinni saqlab qoladigan bo'lsanglar oliy ligaga qadam qo'yasizlar. Oliy ligada ishtirok etish uchun sharoitlar etarlimi?

-  Biz oliy ligaga chiqishdan qo'rqmaymiz. CHunki Doniyor Hasanov mening oldimga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan. Nafaqat ikkinchi o'rin balki bu yil birinchi liga chempioni bo'lishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Nasib qilsa ikkinchi davrada ochko yo'qotmaslikka harakat qilamiz. Mening orzum birinchi ligadan oliy ligaga chiqish. SHundagina murabbiylik faoliyatimda nimadirga erishgan bo'laman.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика