Ruben Amorim: "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lganimdan faxrlanaman"
15 noy 21:19
Yangiliklar
Ruben Amorim: "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lganimdan faxrlanaman"
Ruben Amorim "Manchester Yunayted" boshqaruvini qo'liga olishi hamda "Old Trafford"ga ilk tashrifi haqida gapirdi.
"Old Trafford" haqida
"Televizor orqali bu stadionni ko'rib, haybatli va hayajonli ekanligini ko'rish mumkin. Bu erda bo'lib turish orqali Siz tarixni his qila olasiz.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lganimdan faxrlanaman, bu er aqlbovar qilmas joylar. Ushbu stadionda bo'lish - katta g'urur".
"Old Trafford" bosimi haqida
"Bu qiziq holat, chunki hozir o'zimni bo'shashgandek his qilyapman. Balki, bugun o'yin kuni bo'lmagani uchundir. O'yin kunida men umuman boshqacha odamga aylanaman. Lekin hozir bunga etibor qaratmayapman.
Menimcha, qaerda bo'lishim kerak bo'lgan bo'lsa, o'sha erdaman", - dedi Amorim.
Fikrlar