So’nggi yangiliklar

19:17ЎзПФЛ ташкил этган матбуот анжумани ҳақида. Про-лига ва Биринчи лига "ўгай"ми? (Бекзод Толибов блоги)  0 19:02Transfermarkt: Отабек Шукуровнинг нархи ўзгарди  1 18:45"Металлург" икки футболчиси билан шартномани бекор қилди  3 18:23Ўзимизнинг карикатура. Ла Лигада ўйнайдиган биринчи ўзбек!  3 18:03Хамес Родригес Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкинлиги ҳақида гапирди  0 17:36ЖЧ-2026 саралаш босқичига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди  5 17:16Роберто Карлос: "Роналдо 2002 йилги "Олтин тўп"ни мендан ўғирлаган"  1 16:49Топ-клублар "Болонья" ҳужумчисига кўз тикди  0 16:23"Барселона" Энцо Фернандес эвазига икки футболчини таклиф қилишга тайёр  3 15:56"Вулверхэмптон" Моуриньюни таклиф қилмоқчи  5 15:30"Манчестер Юнайтед" Влахович учун курашга қўшилди  0 15:00"Реал" Палмерни "Челси"дан 200 млн еврога сотиб олишдан бош тортди  7 14:39"Насаф"нинг икки легионери жамоадан кетди  8 14:12Неймар ЖЧ-2026да ўйнамоқчи  1 13:45Дэвис "Бавария" билан шартномасини узайтиришга яқин  0

Ro'ziqul Berdievning "Nasaf" boshqaruviga kelganidan beri hayotimizda nimalar o'zgardi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdievning "Nasaf" boshqaruviga kelganidan beri hayotimizda nimalar o'zgardi?

O'tmishga nazar solib, kayfiyatni biroz ko'tarib olamiz.

Kuni kecha "Nasaf" o'z tarixidagi ilk chempionligini qo'lga kiritdi. Sovrinning qo'lga kiritilishida jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning hissasi beqiyos sanaladi. Ro'ziqul Berdiev jamoadagi 12 yillik faoliyati davomida 5 bor bronza, 3 bor kumush medallarini, 4 marotaba mamlakat kubogi va 2 karra Superkubokni qo'lga kiritdi. Mutaxassis nafaqat murabbiy, balki futboldagi faoliyatidagi birinchi chempionligini nishonladi. Buning uchun unga 12 yil kerak bo'ldi. Keling, shu munosabat bilan qarshiliklar ustozi o'z lavozimiga kirishgandan buyon kundalik hayotimizda qanday o'zgarishlar sodir bo'lganligini yodga olamiz.

Avtomobil sanoati 

2012 yilning 20 mart kuni Toshkentda GM Uzbekistan korxonasi tomonidan Chevrolet Malibu avtomobilining taqdimoti bo'lib o'tdi. 5 sentyabr kuni esa Chevrolet Cobalt taqdimoti namoyish etildi.

2024 yilga kelib, Malibu va Cobalt'ning yangi avlodi ishlab chiqarilmoqda. Yaqinda Cobalt avtomobilining yangi modifikaciyasi — Cobalt Midnight taqdimoti bo'lib o'tdi. Yoritish tizimi va g'ildirak disklari qoramtir tusda bo'lishi hisobida mashina narxi 7,3 mln so'mga oshirildi.

Mobil qurilmalar

2012 yil O'zbekiston mobil telefon bozorida hozirgi kundagidek keng tanlov bo'lmagan bo'lsa-da, bazi brendlar aholi orasida juda ommalashgan edi. Jumladan, Nokia brendlari aholining katta qismida mavjud edi. 

O'sha yili Samsung Galaxy S3, Apple esa iPhone 5 qurilmalarini taqdim qildi. 

2024 yilga kelib Nokia "hayotdan ko'z yumdi", uni faqat o'tmish xotiralari bilan yodga oladigan bo'ldik. Samsung va Apple esa shiddatli kurashni davom ettirmoqda. Joriy yil Galaxy S24 va iPhone 16 sotuvga chiqarildi.

Ijtimoiy tarmoqlar

2012 yil Odnoklassniki ko'pchilik orasida mashhur edi. Mazkur platforma ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. SHuningdek, Facebook ham bazi cheklovlarga qaramay, asta-sekin ommalashishni boshlayotgandi.

2024 yilga kelib, son-sanoqsiz ijtimoiy platformalar ommalashdi, hatto ko'pchilikning yuqori daromad manbaiga aylandi. YouTube, TikTok, Twitter, Telegram, Instagram, kilogram... va boshqalar.

Marosimlar

2012 yil (undan o'n, yuz yil avval ham) dang'illama to'ylar o'tkazish, to'ydan avval va keyin turfa marosimlar o'tkazish ananaga aylangandi.

Uzr, faqat o'zgarishlar haqida yozmoqchi edim, yodimdan ko'tarilibdi.

Kupyura

2012 yil O'zbekistonda eng yirik milliy banknota 1000 so'm bo'lgan. Bir yildan so'ng esa 5000 so'mlik pul muomalaga chiqarilgan.

2024 yilga kelib, 1000 so'mga bir dona qurut berishi ham amrimahol. Eng yirik milliy kupyura esa 200 ming so'm hisoblanadi.

Eng yirik futbol turniri

2012 yil Polsha va Ukraina yashil maydonlarida Evropa chempionatining final bosqichi o'tkazildi. Evropa chempionati o'sha yilda o'tkazilgan eng yirik futbol turniri edi. Daraja va muxlislar qamrovi jihatdan Olimpiya o'yinlaridan ham yuqorida edi. Musobaqada Ispaniyaning "Oltin avlod"i shohsupaga ko'tarilgandi.

Taqdirni qarangki, Ispaniyaning keyingi chempionligi 2024 yilga to'g'ri keldi. SHuningdek, "qizil furiya" Olimpiya o'yinlarida ham g'olib chiqdi.

"Nasaf" 

2012 yil boshida jamoani o'z qo'l ostiga olganidan so'ng, "Nasaf" ichki chempionatda peshqadamlar qatorida borayotgandi va oliy ligada birorta mag'lubiyatga uchramagandi. Lekin "ajdarlar" o'zlari uchun OCHLdagi debyut mavsumni o'tkazishgani sabab, OCHLda ko'ngildagidek ishtirok eta olishmadi. Guruhdagi kimsan "Al Jazira", "Ar Rayyan" va "Istiqlol" singari osiyoning kuchli grandlari bilan kuch sinashgan qarshiliklar oltita o'yinda bir ochko to'plashdi. Aynan shu natijani ro'kach qilgan rahbariyat Ro'ziqul Berdievni istefoga chiqardi va uning o'rniga o'sha paytda "Nasaf" menejeri sifatida ishlab kelgan Usmon Toshevni jamoa boshqaruviga tayinladi. Usmon Toshev esa Ro'ziqul Berdiev asosiy jamoadan butunlay ketqazdi. Natijada Berdiev "Nasaf" yoshlar jamoasidan qo'nim topdi. 

O'sha paytda "Nasaf" yoshlari jamoasida o'yin borasida bir qator muammolar mavjud edi. Berdiev kelgach tezda o'rinbosarlar jamoasi o'yinida mano va mazmun, keskinlik va futbolchilarga futbol o'ynashga chanqoq ortdi. Ro'ziqul Berdiev bu vaziyatda ham qo'l siltamadi va "Nasaf" yoshlari jamoasiga jiddiy etibor qaratgan holda klub kelajagi haqida qayg'urdi. Bu orada esa Usmon Toshev boshqaruvida "Nasaf" nafaqat tajavuzkor futboldan ayrildi va balki o'z tarixida hozirga qadar chempionlik uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan mavsumni to'liqligicha buzib qo'ydi. Ro'ziqul Berdiev istefoga chiqarilishiga qadar jamoa turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan bo'lsa, mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida "ajdarlar" o'z maydonlarida "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berishdi va yakunda sovrinli o'rinlar uchun imkoniyatni butkul yo'qotishdi. SHundan so'ng tezda Usmon Toshevga chiqish eshiklari ko'rsatildi va jamoaga yana Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy etib tayinlandi.

2024 yil "Nasaf" O'zbekiston Superligasida Ro'ziqul Berdiev bilan birgalikda muddatidan avval o'z tarixidagi ilk chempionligini qo'lga kiritdi.

Aytgancha, o'zimda nima o'zgarishlar bo'lganini ham qisqacha aytib o'tsam. 2012 yil yarim soatda tovuqning katagidek to'zg'ib ketadigan sochimni yonga tarab, egnimdagi yap-yangi oppoq kiyimni quyosh o'z ishini yakunlab, uyquga ketgunga qadar chim tugul, ajriq o'smaydigan stadionda qora rangli libosga aylantirib qaytardim.

2024 yil esa mana shu xotiralarni yozib o'tiribman.

Sizda-chi, shu davr ichida sizda qanday o'zgarishlar yuz berdi?


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

+2   
02 noy 16:00:20
Имамкул Умаров
Рузикул ака -хакикий мураббий Сизни ва командангизни чемпионлик билан табриклаймиз Сизга соглик садоматлик узок умр оилавий бахт тилаймиз Терма жамоада хам узингизни синаб курасиз деган умидамиз Олдиндан рахмат!
+1   
02 noy 21:02:59
Ko'k bo'rilar
Кутокни ебсанлар. Хеч кимга судялар ёрдам беролмайди. Насаф чемпион булди, булгани.
   
04 noy 00:15:58
Google User
Nasaf uchun 2018-2021 yillar juda og'ir kelgan edi. Moliyaviy ko'makni toxtatib Nasafni ataylab bankrot qilishmoqchi bo'lganlar. Allohdan yordam kelib o'shalarni o'zlari futboldan chiqarib yuborildi, Nasaf 2021 yili OFK kubogi finaligacha borganidan so'ng, keyin Nasafni tinch qo'ydilar
   
04 noy 00:07:41
Google User
Ro'ziqul Berdiev juda sabrli inson ekan. Chempion bo'lishni naq 12 yil kutibdi, 12 yil bekor turgani yo'q, 15 ta sovrin ham yutibdi. Nasaf bu yil oltin medalga arziydigan darajada o'ynadi
   
03 noy 08:19:17
AzamatNasaf
Abdurahmon Irgashev foydalanuvchining fikriga javob berish
ТАН ОЛИШ КЕРАК ОХИРГИ 6ТА ТУРДА НАСАФГА СУДЯЛАР ЁРДАМ БЕРДИ
Неча йил судьялар пахтакорга бериб келишдику, салгина оркага хам карагин
   
02 noy 17:00:41
Тож
Abdurahmon Irgashev foydalanuvchining fikriga javob berish
ТАН ОЛИШ КЕРАК ОХИРГИ 6ТА ТУРДА НАСАФГА СУДЯЛАР ЁРДАМ БЕРДИ
Судьялар эмас, рақиблар ютқазавериб имкониятни яхшилаб беришди. Насафга судьяларнинг ёрдами керак эмасди.
   
02 noy 15:20:04
Шухрат Эргашев
Насаф бу чемпионликгача аксарият чемпионликга якин мавсумларида мухислар куз унгида хакамлар ёки бошка сабаблар билан "ЧОПИЛАРДИ", лекин НАСАФ ЯНА ЯНА олдинга бораверди, хеч булмаса кубок, суперкубок, ютиб мухлислар учун чемпион буларди, 2024 йилда чемпионликни РАСМИЙЛАШТИРИБ ОЛДИ... Насафнинг бу чемпионлигига 1997-2024 йилгача уйнаган барча футболчиларни хам эслаб куйиш керакдир балки.
-2   
02 noy 16:27:32
Abdurahmon Irgashev
ТАН ОЛИШ КЕРАК ОХИРГИ 6ТА ТУРДА НАСАФГА СУДЯЛАР ЁРДАМ БЕРДИ
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика