So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  5 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  28 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Ro'ziqul Berdiev: "Yo'qotishlar va charchoq jamoamiz natijalariga tasir ko'rsatayapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Yo'qotishlar va charchoq jamoamiz natijalariga tasir ko'rsatayapti"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin yuqori tempda o'tmadi. Bunga balki jamoalardagi charchoq va havoning issiqligi sabab bo'lgandir. SHunga qaramay har ikki jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Negadir ikki jamoa ham o'ta ehtiyotkor harakat qildi. Biz albatta bu natijadan qoniqish hosil qilmaymiz. Biroq hozirgi charchoq va yo'qotishlar ortidan bugungi o'yinda bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi.

- "Neftchi"ga qarshi o'yindagi jismoniy charchoq bugungi o'yinga ham tasir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Bu albatta sezildi, aytib o'tdim. Yo'qotishlar bor, oxirgi o'yinlarda bir tarkib bilan harakat qilishga majbur bo'ldik. SHunga qaramay o'zgarishlar qildik, biroq bu kutilgan natijani bermadi. Jarohatlar haqida gapirmayman, bizda yo'qotishlar ko'p. Masalan, xuddi shunaqa sabab bugungi o'yinda Akmal Mozgovoy ham qatnasha olmadi. Hujum chizig'ida ham muammolarimiz bor.

- Oldingi chiziqda faollik yo'qolib qolgandek. Bu bosim bilan bog'liq emasmikan?

- Biz yigitlarni bosimsiz o'ynatishga harakat qilayapmiz. Lekin maydondagi o'zaro aloqalarni ham buzilib qolganligi ko'zga tashlanayapti. Oybek ham yo'q hozir, bog'lamlarda qiyinchiliklarga duch kelayapmiz.  Qanotlar bo'yicha etirozlarimiz bor.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика