So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  5 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  33 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Ro'ziqul Berdiev: “Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik”

Bugun “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Aziz G'aniev ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Bo'lajak o'yinga tayyormiz. Raqibni yanada yaqinroq o'rgandik. Ertaga nafaqat yaxshi natija uchun, balki chiroyli o'yin ko'rsatishga ham harakat qilamiz. Biz guruhda kuchli raqiblarga duch keldik, ammo orqada qolishni istamaymiz. Ertaga bo'ladigan o'yinda ikkala jamoaga ham uch ochko zarur. G'alaba qozonishimiz uchun hujum qilishimizga to'g'ri keladi. Lekin himoyani unutmasligimiz kerak. CHunki raqibimizning hujum chizig'i juda kuchli shakllangan. Biz agar ertaga ochiq o'yin namoyish qiladigan bo'lsak, ularga oson bo'lishi mumkin. SHundan kelib chiqib bo'lajak o'yinga reja tuzganmiz.

Takror aytaman guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilishgan. Hozir uchta jamoa bir xil, yani olti ochkoga ega. “Al Vasl” jamoasi uchta mag'lubiyatdan so'ng, imkoniyatini pasaytirib yubordi. O'ylaymanki, guruhdan chiqish uchun kurash mana shu uch jamoa o'rtasida kechadi. Bu ham bo'lsa taxmin, aslida bo'lajak o'yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi.

Dragan CHeran? Dragan CHeran ertaga bo'ladigan o'yinga tayyor, u bizga albatta yordam beradi.

Albatta biz Xaviga qarshi o'ynashni uzoq kutdik (kuladi). Uni muxlislarimiz ham Qarshida kutishdi. Futbolchilarimiz ham unga qarshi o'ynashni ishtiyoq bilan kutishayapti. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun bu quvonchli voqea bo'lardi.  


Aziz G'aniev: - Biz ertaga bo'ladigan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibimizning qanday o'yin ko'rsatishi bizga malum. “Al Sadd”ning kuchli hujumchilari bor. Biz raqibimizni hurmat qilgan holda ijobiy natijani qo'lga kiritish urinamiz. Muxlislarimiz bizdan shuni kutishmoqda.

Xaviga qarshi o'ynash? Xavidek futbolchiga qarshi o'ynash har bir futbolchi uchun sharaf. Biz Xavini Qarshida kutgan edik. Ammo u kelmadi. Takror aytaman, raqibimiz safida kim o'ynashidan qattiy nazar, biz ertaga ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun o'ynaymiz.

Reyting: +176   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика