"Barselona" bosh murabbiyi Flik: "Reshfordni ko'p yillardan beri kuzatib kelayapman"
31 iyu 00:40
Yangiliklar
"Barselona" bosh murabbiyi Flik: "Reshfordni ko'p yillardan beri kuzatib kelayapman"
Kataloniyaliklar murabbiyi Markus haqida gapirdi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan hujumchi Markus Reshford haqida o'z fikrini bildirdi.
"Markus ajoyib futbolchi, uni "Manchester Yunayted"da faoliyatini boshlagan paytidan beri ko'p yillar davomida kuzatib kelayapman. U juda istedodli va umid qilamizki, u o'zining mahoratini jamoa bilan yangi mavsumda namoyon eta oladi," - deya Flikning so'zlarini Sport.es keltiradi.
Markus Reshford "Manchester Yunayted" akademiyasini tugatgan bo'lib, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Aston Villa"da ijarada o'tkazdi. O'tgan mavsumda u 41 ta o'yinda 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi. Bundan tashqari, Markus Rashford 2016 yildan buyon Angliya milliy terma jamoasi safida o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar