So’nggi yangiliklar

23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21

Ro'ziqul Berdiev: “So'g'diyona” hurmatga loyiq jamoa” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “So'g'diyona” hurmatga loyiq jamoa”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi va o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-“So'g'diyona” hurmatga loyiq jamoa ekan. Jamoaning Buxoro va Samarqandda o'tkazgan o'yinlarini tahlil qilib chiqqanimda, jamoa bugungidanda yaxshiroq harakat qilgan edi. Bugun ham ko'rdinglar, bizga munosib qarshiliq ko'rsatishdi.
O'yinga keladigan bo'lsak, bolalar men kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Buni albatta tahlil qilib chiqamiz. QOlaversa bugun taktik sxemamizda ham o'zgarishlar bo'ldi. BAlki bolalar bunga hali to'liq moslashib keta olishmagandir. SHu sabab gol urishimiz ham cho'zilib ketdi.

-Bugungi o'yinda asosiy tarkibda doim maydonga tushib kelayotgan Muhammadiev va Yunusov zaxirada qoldirildi. Bu ham o'sha sxema bilan bog'liqmi yoki...


-Bu keying turda “Bunyodkor” bilan o'ynashimiz bilan bog'lik, desam bo'ladi. CHunki bu futbolchilar muntazam ravishda maydonga tushib kelishmoqda. SHu bois keyingi turda bo'ladiga o'ta muhim o'yin oldidan ularni asrashga harakat qildik. Ularning o'rnida harakat qilgan yosh futbolchilar esa tezda o'yinga kirishib keta olishmadi.

-Gadoev bugun oxirgi 10 daqiqada maydonda harakat qildi. Bugun uning holatidan kelib chiqib imkon berdimizmi yoki SHohruh bundan ko'proq vaqt davomida maydonda harakat qila oladimi?

-Gadoev haqida mendan juda ko'p so'rashadi.: Bir malumotni aytib qo'yishim lozim: Gadoev hozir maydonga chiqib, birdaniga o'tgan yildagi o'yinlarini ko'rsata olishini kutmanglar. Biz uning imkoniyatidan kelib chiqib maydonga tushirayapmiz. Asta-sekin uni o'sha avvalgi formasiga kirib olishi uchun imkon yaratamiz. Buni bosqichma bosqich amalga oshiramiz. U roppa rosa bir yilgacha jarohatini tiklash bilan ovora bo'ldi. Bugungi bahsda ham uni hali optimal formasiga kirib olishiga ancha vaqt borligiga guvoh bo'ldinglar. Gadoevni eng yaxshi tarafi bu tezligi edi. U ruhiy va jismoniy tomondan o'yinga 100 foiz tayyor bo'lsa, albatta uni maydonga tushiramiz. Hozirgi kunda u bizga juda kerakli o'yinchi. CHunki aynan shu qanotda harakat qilayotgan Sayfiev terma jamoa safida Osiyo o'yinlarida ishtirok etmoqda.

"Nasaf" matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика