So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  21 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  1 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  102 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Shuhrat Muhammadiev 36 yoshida yosh futbolchilardan ham tez yuguradi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Shuhrat Muhammadiev 36 yoshida yosh futbolchilardan ham tez yuguradi"

Superliganing 11-turi doirasida OKMKga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi g'alaba bilan muxlislarni tabriklayman. Bugun stadiondagi atmosfera ajoyib bo'ldi. Ustiga-ustak O'zbekistondagi eng yaxshi jamoalardan birini mag'lub qilib, barchani xursand qildik. O'yinga keladigan bo'lsak, bu ikkala jamoa ham ochiq futbolni yaxshi ko'rishadi. Shu sababli ikkala jamoa ham hujumkor o'yin namoyish qilib berdi, deb o'ylayman. Yaratilgan vaziyatlarga qaraydigan bo'lsangiz, ikkala jamoa ham g'alabani o'ylagani ko'rinib turibdi. Biz qaerdadir tartibliroq va extiyotkor bo'lishimiz talab qilinardi, chunki OKMK jamoasi to'p bilan yaxshi harakat qiladi. Balki shular sababdir, bugun jamoamda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq katta bo'ldi.

- G'alaba bilan tabriklayman. Sherzod Nasrullaev bugun tarkibda ko'rinmadi.

- U uchta o'yindan beri tarkibga kiritilmadi. U kasal bo'lib qolgandi, hozir davolanyapti. Sherzod keyingi o'yinlarga tayyor bo'lib qolishi kerak. U bizga kerak edi, yaxshi jismoniy holatda bo'lib turganida bizga katta nafi tegardi.

- "Nasaf" odatda o'yinni hujumda boshlardi. Bugun esa himoyadan boshlandi. Bu taktika bilan bog'liqmidi?

- OKMK jamoasini bilasizlar, juda ko'p hujum uyushtiradi va shu sababli istalgan raqibni himoyalanishga majbur qiladi. Jamoaning bu yilgi o'yin uslubi ham hujumkor. Shu sababli o'yin boshida ehtiyotkor bo'lib, himoyada yaxshi harakat qilishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda joylashuvimizni o'zgartirdik, chunki birinchi bo'limda OKMKga bo'sh hududlar va imkoniyatlar berayotgandik. Ikkinchi bo'limdagi harakatlarimiz raqiblarga qiyinchiliklar tug'dirdi.

- Jamoaning yosh futbolchisi Bahromov haqida savol bermoqchi edim. Uning o'yinlari haqida fikringiz qanday? Kubokda "Paxtakor" bilan o'yinda aynan u maydonga tushganidan keyin jamoaning hujumdagi o'yinlari tezlashib ketdi.

- To'g'ri takidladingiz, aynan shu sababli ham uni zaxiradan maydonga tushirdik. Bilasiz, OKMK jamoasi o'yinni yaxshi tugatadi. Shu boisda biz kuchlarni yangilashimiz kerak edi. Ko'proq himoyalanib, qarshi hujumlarga tezroq o'tishimiz kerak bo'lgandi. Ikkita o'yindan beri imkoniyat beryapmiz, Bahromov ishonchni oqlayapti. Bundan keyin ham yoshlarga shu yo'sinda imkoniyat yaratishga harakat qilamiz.

- Oldinda jamoani Superkubok o'yini kutib turibdi. Bunda tarkib o'zgaradimi yoki shu tarkib maydonga tushadimi?

- O'zgarishlar bo'ladi. Bazi futbolchilar ko'p o'ynayotgani uchun toliqishi borligi ko'rinib turibdi. Tarkibimizda ularning o'rnini yopadigan futbolchilar bor. Balki rotaciyaga qo'l urarmiz. Bu o'yinga barcha muxlislarimizni taklif qilib qolardik. Bu tarixiy o'yin bo'ladi. Bunda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilmoqchimiz. 

- OKMKning qo'lida himoyachilar sust o'ynadi, aynan Umar Eshmurodov o'z qanotidan futbolchini qo'yib yubordi. Umar va Cholovichning zaxiraga olinishi xatoga bog'liqmi yoki ularda jismoniy holatga?

- Aytganimdek, biz joylashtiruvni o'zgartirishimiz kerak edi. Uch himoyachiga o'tishimiz kerak edi, chunki raqib ham shunday taktikada o'ynayotgandi. Raqiblar tarkibida Aziz Xolmurodov maydonga tushdi, u tezkor futbolchi. Shu boisdan biz qanotga tezkor futbolchilarni tushirishimiz kerak edi. Shuhrat Muhammadiev 36 yoshida ham yosh futbolchilardan tez yuguradi. Uni qanotda o'ynatdik va bu to'g'ri bo'ldi deb o'ylayman.

- Oybek Bozorov bugun juda ko'p aldadi va to'pni ko'p yo'qotdi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

- Oybek to'p bilan bo'lishni juda yaxshi ko'radi. Uning jamoaga qanday foyda keltirishini yaxshi bilamiz. To'g'ri, texnik xatolar ko'p bo'ladi. Lekin mehnat ham katta bo'ladi. Chunki biz taxlil qilganimizda Oybekning foydasi katta bo'lishini bilganmiz. Unga sifatliroq o'ynashi kerakligini tushuntiramiz. Biroq uning o'ziga xosligi - bu uning o'yini. Bu 10 yildan beri takrorlanib kelyapti.

- Istalgan futbolchi biror kun jarohat olishi mumkin. Masalan Abduvohid Nematov jarohat olib qolsa, darvozabonlikdan muammo bo'ladi deb o'ylamaysizmi?

- Zaxira darvozabonimizga ishonchsizlikka bormaymiz, unga ishonishda davom etamiz, u ham tajribali darvozabon. O'shanda faqatgina uning emas, butun jamoaning xatolari ko'p bo'ldi. Zaxira darvozabonini qo'rqmasdan o'yinga qo'yaveramiz. O'ylaymanki, Abduvohid bilan muammolar bo'lmaydi.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
24 may 04:28:55
ААА БББ
Колвич бекор заменанага олганези окмк гол ургандан кейин тушиниб етдез урто Бердиев,Колвични захирага олиб урнига химоячи гайбулаевни туширганезда шу малум эдики химояни кучайтириб иложи борича 1-0 ни ушлаб колишга харакат килдез,(бу ишез катта хато эди)хисоб тенглашгач яна олдинги сехимага кайтдез(урто Бердиев очигини айтиш керак охирги пайтларда замена қилишда катта хатоларга йул қуйябсиз)гол утказиб юборганимиздан кейин заменада хато қилганези тушиниб етдез ва умарни уйиндан олиб урнига канот химоячиси мухамадиевни ташладез,но мухамадиев қанчалик тажрибали булмасин уйин пайти куп хато қилади и Колувичдек жамоага фойда бермайди,вот шуни учунам 2чи таймда хужимларимиз самарадорлиги 1чи таймга қараганда псайиб қолди деб уйлайман,нариги қанотда насрулаевни йуқлиги хам уз сузини айтиб келябди мухитдинов химояда фойда бераетгандир лекин хафли хужимлар яратишда шароф Шерзодек актив эмаслиги куриниб қолябди,Бозоров тугрисида савол берган тупой журналистни узига савол бериб куришез керак эди,Бозоровни фақат чалиб йиқитиб тухтатиб қолишаетганини мухбирча курмабдими? уйин давомида Ойбекни камида 50 марта йиқитишди,хакам эса ақали биронтаси рақибларга сариқ хам курсатмади,Бозоров туп билан зур ишлайди и тезигига хам гап йуқ, шуни учунам рақиблар уни доим чалиб йиқитибгина зарарсизлантиришади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика