So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

Ro'ziqul Berdiev: “ SHorahmedov bilan xayrlashish niyatimiz yo'q” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “ SHorahmedov bilan xayrlashish niyatimiz yo'q”

Kecha O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida Qarshining “Nasaf” klubi o'z madyonida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilib, yirik (4:1) g'alabaga erishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi davralar oralig'ida jamoada kutilayotgan ayrim o'zgarishlarga o'z munosabatini bildirdi.

Ilgariroq saytimiz orqali “Nasaf” darvozaboni Eldor Suyunov va SHerzod Azamovga Toshkentning “Paxtkor” klubidan qiziqish bo'layotganligi haqida xabar bergandik.  Ro'ziqul Sadullaevich Toshkent jamoasidan bo'layotgan taklifini inkor etmadi.

“Suyunov va Azamovga “Paxtakor”dan jiddiy taklif bor. Bu taklif ular uchun yangi chaqiruv. Ammo ularning klubimiz bilan amaldagi shartnomalari bor. Ularning “Paxtakor”ga o'tish yoki o'tmasligi borasida yakuniy qarorni klub rahbariyati qabul qiladi. Mabodo ular jamoani tark etadigan bo'lsa, ularning o'rnini to'ldirishimiz kerak bo'ladi”, deydi Berdiev.

SHuningdek, Ro'ziqul Berdiev davralar oralig'ida faol selekciya ishlari olib borilishi va jamoaga legioner taklif etish niyatida ekanligini malum qildi.

“Bu borada rejalarimiz ham bor. Hujum chizig'i va qanotni kuchaytirish maqsadida ishlar olib borayapmiz. Nomzodlar ham bor, ammo buni hozir ochiqlamoqchi emasman. Imkon bo'lsa,  xorijlik futbolchilarni safimizga qo'shib olmoqchimiz” deya so'zida davom etdi O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiyi.

Anjuman yakunida “Nasaf” bosh murabbiyi mavsum avvalida “Bunyodkor”dan “Nasaf”ga ko'chib o'tgan Akmal SHorahmedovning yana Toshkent jamoasiga qaytishi mumkinligi haqidagi gap so'zlarga izoh berdi.

“Akmal SHorahmedov borasida gapiradigan bo'lsam, bu o'yinchi jamoamiz uchun juda kerakli. Uni ham klubimiz bilan amaldagi shartnomasi bor. Biz uni hech qaerga qo'yib yuborish niyatimiz yo'q”, deya takidlab o'tdi “Nasaf” bosh murabbiyi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика