So’nggi yangiliklar

11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  12 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  14

Ro'ziqul Berdiev: “Raqibimizni o'rganishda, chempionatdagi o'rniga etibor qaratmadik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Raqibimizni o'rganishda, chempionatdagi o'rniga etibor qaratmadik”

“Al-Fath” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismi bo'lib o'tdi. Unda jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda hujumchimiz Dragan CHeranlar ishtirok etishdi.

- Avvalo assalomu alaykum. Ertangi o'yin biz uchun murakkab o'yin. Ertaga biz Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri bilan bahs yuritamiz. Bizlarning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish, buning uchun bo'lajak o'yinga futbolchilarimizni astoydil tayyorladik. Ertaga biz bor kuchimiz bilan, g'alaba uchun harakat qilamiz. “Al-Fath” jamoasining bir necha o'yinlarini ko'rib chiqdik. Jamoa kuchli tarkibga ega, futbolchilar himoyada ham, hujumda yaxshi harakat qilishadi. “Al-Fath”ga qarshi tayyorgarlikda, raqibimizning ichki chempionatdagi egallab turgan o'rniga etibor bermadik, chunki ertaga boshqa musobaqa uchrashuvi bo'ladi. Raqibda jamoaviy o'yin ham, o'yinchilarining individual mahorati ham yuqori. Biz bularni hammasini etiborga olib, futbolchilarimizga ko'rsatmalar berib borayapmiz va shu asnoda bu o'yinga tayyorgarlik ko'rdik.

“Al-Hidd” bilan “Al-Fath” o'rtasida katta farq bor, biz ertaga faqat hujumni o'ylamasdan, himoyani ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Ob-havo? To'g'risi, biz bunday qo'lay ob-havoni kutmagan edik. Hozir, bu erdagi ob-havo xuddi o'zimizni yurtimizdagidek ekan. Faqat qor yo'q ekan (kulib). To'g'ri, bizda milliy chempionatimiz hali boshlanmadi. Ammo biz bu uchrashuvlarga  ko'pdan buyon tayyorgarlik ko'rib kelayapmiz, shuningdek rasmiy uchrashuvgacha bir qator kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazdik. O'ylaymanki, futbolchilarimiz etarli o'yin amaliyotiga ega. Endi albatta raqibimiz ichki chempionatda ketma-ket o'yinlar o'tkazib kelayapti. Ammo ertaga bo'ladigan saralash, bir o'yindan iborat. Ijobiy natija uchun, ertaga bor mahoratimiz va kuchimizni ishga solamiz, - deydi Ro'ziqul Berdiev.
 
-Men uchun Saudiya futboli begona emas. Avval bu mamlakat chempionatida o'ynaganman. “Al-Fath” jamoasiga ham qarshi to'p tepganman. Bu jamoada kuchli legionerlar qatori, doimo katta mahoratga ega mahalliy o'yinchilar ham bo'lgan. Ertaga biz g'alaba uchun maydonga tushamiz. Buning uchun kurashga tayyormiz,-deydi Dragan CHeran.


Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика