So’nggi yangiliklar

18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  0 18:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" (матнли трансляция)  23 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  4 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  6 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  18 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  1 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  5 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  10 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2

Ro'ziqul Berdiev: "Mag'lubiyatimizga bir necha sabablar bor. Pley-offga chiqish imkoniyatlarimiz keskin kamayib ketdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Mag'lubiyatimizga bir necha sabablar bor. Pley-offga chiqish imkoniyatlarimiz keskin kamayib ketdi"

OCHL 2 turniri to'rtinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Husayn" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ko'p gapirmoqchi emasman. Mag'lubiyatimizga bir necha sabablar bor. Birinchi o'tkazib yuborgan golimiz barcha rejalarimizni buzib yubordi. Bunday o'yinlarda hujumda samaraliroq o'yin ko'rsatishimiz kerak. Nechadir o'yindan buyon hujumdagi o'yinchilarimiz yaxshi o'ynay olishmayapti. Asosiy sabab, birinchi goldagi xatomiz va hujumdagi sust o'yinimiz", - dedi Ro'ziqul Sadullaevich.

- Mehmon jamoa bosh murabbiyi "Nasaf" jamoasi markazni boy berib qo'yganidan foydalanib ketdik deb aytdi. Bugun jamoangiz maydon markazida namoyish etgan o'yiniga baho berib o'tsangiz? Ushbu fikrlarda qanchalik haqiqat?

- G'alaba qozongandan so'ng hamma narsa deyish mumkin. Mening fikrimcha, ular bugun o'rtada ustunlikka erisha olishmadi. Raqibimiz balki 5-3-2 taktik uslubida o'ynagani sababli shunday deyayotgandir. Tanaffusga qadar qanotlardan uyushtirilgan hujumlarimiz xavfliroq ko'rinish oldi. O'z ustunliklarimizdan to'g'ri foydalana olganimizda, natija bugun boshqacha bo'lishi mumkin edi.

- "Nasaf"ning chempionligi yigitlarga ruhiy tomonlama qanday tasir qildi?

- Sovrin yutilganidan so'ng yigitlarga qanday motivaciya berish qiyin ekanligini yaxshi bilamiz. Buni oddiy inson ham his qila oladi. Futbolchilarni ruhiy va jismoniy tomonlama imkon qadar yaxshiroq tayyorlashga harakat qildik, lekin bu o'z samarasini bermadi.

- Endi guruhdan chiqish imkoniyatlari haqida gapirib o'tsangiz?

- Bugungi to'qnashuvdan keyin, imkoniyatlarimiz keskin kamayib ketdi. Endi o'zimizni imkon qadar munosibroq ko'rsatishimiz kerak. Keyingi bosqichga chiqish, endi o'zimizga bog'liq emas. Pley-offga chiqish ancha qiyin bo'ldi.

- O'tkazib yuborilgan ikkita golda ham Golbanning aybi bor edi. Igorning zaxiraga olinishiga gollardagi xatolar sabab bo'ldimi?

- Himoyachi bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik kerak. Biz bugun jamoa bo'lib yutqazdik. Aynan kimdirning xatosini takidlash o'tish, noto'g'ri deb o'ylayman. Futbolchilarning o'ziga ham alohida dakki berdim.

- "SHabab Al Ahli" safida 17ta legioner bor ekan. Ular moddiy va o'yin jihatidan kuchli jamoa ekanligini aytib o'tgandingiz. "Nasaf" BAA jamoasini mag'lub eta olgan edi. Sizningcha bugungi raqib Dubay jamoasidan kuchliroq edimi?

- Yo'q. Bizning guruhimizdagi eng kuchli jamoa "SHabab Al Ahli". Yakunda ham Dubay jamoasi buni isbotlay oladi. Iordaniya jamoasini ham kuchsiz deyish noto'g'ri. Safarda mag'lub bo'lganimiz, "Al Husseyn"ga qo'shimcha ishonch bergan bo'lishi mumkin. O'yin suratiga qaraydigan bo'lsak, bugun durang natijasi qayd etilishi kerak edi. Biroq raqib g'alabani ilib ketdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика