So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatishi uchun gol o'tkazib yuborish shart edi. Bazida bu foyda keltiradi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatishi uchun gol o'tkazib yuborish shart edi. Bazida bu foyda keltiradi"

O'zbekiston Superkubogida "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Barchaga xayrli kech. Penaltilar seriyasi "Nasaf" tarixida birinchi marta bo'ldi, menimcha. Bu o'yinga o'ziga yarasha ko'rk berdi. O'ylaymanki, muxlislar ham xursand bo'lishdi. Birinchi bo'lim oxiri va ikkinchi bo'lim boshida yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Gol o'tkazgach, jamoada ishtiyoq va xohish oshdi. Seriyada omadimiz kulib boqdi. Yigitlarga va Abduvohidga rahmat aytamiz. G'alaba bilan muxlislarni tabriklaymiz!

- "Nasaf" yaxshi o'yin ko'rsata boshlashi uchun gol o'tkazib yuborishi shartmidi? Ungacha hujumkor o'yin ko'rsatsa bo'lmasmidi?

- SHart edi. Bazida gol o'tkazib yuborish ham foyda beradi. Goldan keyin jamoamiz boshqacha o'ynay boshladi va o'yin sifati ham oshdi. Biz gol urmasak, penaltilar seriyasi bo'lmasligini bilardik. Ikkinchi taym o'rtasidan boshlab haqiqiy o'yinimizni namoyish eta boshladik. Biz faqat g'alabadan emas, oxirigacha kurasha olganimizdan xursandmiz.

- To'psiz harakat bo'yicha "Paxtakor" ustunroq ko'rindi. Agar ularning asosiy futbolchilari safda bo'lganida jamoangizga qiyin bo'lardi...

- Gapingizga qisman qo'shilamin. Hozirgi futbolda natijaga erishish uchun qaerdadir to'psiz o'ynash va uni raqibga bergan holda o'yin ko'rsatish ham foyda keltiradi. Biz "Paxtakor" har qanday holatda ham to'pga egalik qilishini bilardik. Bu bo'yicha yigitlar bilan kelishib olgandik. Qarshi hujumlar borasida ham rejalarimiz bor edi, ammo o'xshamadi. Bir nechta o'zgarishlar qilish rejamizda bor edi. 

- Sizning qo'l ostingizdagi "Nasaf" yangi o'yinchilarni kashf etib boradi. Joriy yil birorta yarq etgan yoshlarni ko'rmayapmiz. Nahotki, akademiyada bunday o'yinchi yo'q...

- Biz oldimizga ulkan rejalarni qo'yganimizdan keyin ozgina tizimni o'zgartirdik. Rahbariyat bizga katta talablarni qo'ydi. Yuqorida yurish, OCHLda o'ynash uchun tajribali futbolchilarga suyanishimiz kerak edi. SHuning uchun tajribali futbolchilarni jalb qildim. Biz ochko yo'qotish yoki bugungidek finallarda yutqazishga haqqimiz yo'q. SHuning uchun yosh futbolchilarni tushirib, tavakkal qila olmaymiz. Agar Muhammadiev jarohat olib qolganida SHerzod Nasrullaevni uning o'rniga qo'yardik va qanotimiz yaxshi ishlamay qolardi.

- So'nggi matbuot anjumanlarida yangi futbolchilardan ko'nglim to'lmayapti dedingiz. Masalan, Da Silva va Abduxoliqov bobida. Bugun ularni zaxiradan tushirdingiz...

- Jigauri va Marushich faollik ko'rsatmagani uchun Da Silva va Abduxoliqovga imkoniyat berdik. Yigitlarga har doim aytganmiz raqobatga jiddiy qarashlarini. Bugungi o'yindan kelib chiqib, keyingi o'yinda asosiy tarkibdan kim joy olishini o'ylab ko'ramiz.  

- Natija birinchi o'rinda deb aytdingiz. O'yinga tayyorlangan tarkibdan kelib chiqsak, "Nasaf" tez gol urib olsa, 5 kishilik himoyadan foydalanmoqchimidingiz? 

- Ha, mashg'ulotlarda 5 nafar himoyachi bilan o'ynash rejasini sinab ko'rgandik. Bugun 4-3-3 sxemasida o'ynashga qaror qildik.

- "Nasaf" birinchi davradan keyin legionerlardan voz kechadi, degan xabarlar tarqaldi...

- Bilmadim. Men bunday xabarlarga etibor qilmayman. Hali bu bo'yicha hech qanday axborotga ega emasmiz.


Matbuot anjumani so'ngida Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev yaqinda Husayn Norchaevning do'ppisi aukcionga qo'yilib, undan tushgan pullar bolalar shifoxonasiga xayriya qilingani haqida takidladi va Abduvohid Nematovdan formasini navbatdagi aukcion uchun ajratishini so'radi. Futbolchi bu g'oyani qo'llab-quvvatladi, so'ngra jurnalistlar uni olqishladi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика