So’nggi yangiliklar

20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  4 19:29"Рома"нинг 100 дан ортиқ қуролланган мухлислари Ниццада қўлга олинди  0 18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  15 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  2 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  13 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   15 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  21 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  10

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirishimiz kerak" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirishimiz kerak"

Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" (0:0) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Assalomu alaykum barchaga. Ajoyib muhitda o'tdi futbol, Namanganda har doim shunday bo'lgan. Bunaqa o'yinlar kamdan-kam kuzatiladi. O'yindagi rejamiz, himoyadagi rejamiz amalga oshdi. Yigitlarga aynan shuni uqtirgandik. Faqat vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Golli vaziyatlarni inobatga olsak, mezbonlardan yaxshiroq vaziyatlarga ega bo'ldik. To'pni ham biz nazorat qildik. "Navbahor"ning yuqoridan oshirgan uzatmalari biz uchun ayni muddao bo'ldi. Biz yaxshi himoyalanishni rejalashtirgandik, buni uddaladik. Hujumda oqsadik. Bugun har ikki jamoa ochko yo'qotdi, deb hisoblayman. Hech bir jamoani bu hisob qoniqtirmadi, deb hisoblayman", - deb gap boshladi Berdiev. 

- "Nasaf"ning ko'p futbolchilarini tanib olish qiyin bo'ldi. Faqatgina raqamlaridan ajratib oldik, xolos. Tarkib haqida nima deya olasiz?

- Sog'lig'imni o'ylaganlarga minnatdorchilik bildiraman. Bazi bir o'yinchilarimiz o'tgan mavsum faqat o'rinbosarlar tarkibida o'ynagan. Etakchilarimiz jamoani tark etishdi, ularning o'rnini yoshlar jamoalarimiz va quyi ligalarda o'ynaydigan futbolchilar hisobiga to'ldirdik. Biz majburmiz shu yigitlarga etibor qaratishga. CHunki klubimiz siyosati, mablag' tomonidan imkoniyati ham shuni taqozo etadi. Mabodo, o'rinbosarlar tarkibimizdan asosiy jamoada o'ynaydigan futbolchilarni ko'rib qolsangiz ajablanmang. Formadagi raqamning rangini o'zgartirish bo'yicha taklifingizni albatta qabul qilamiz. Aslida jurnalistlar, mutaxassislar futbolchilarning harakatlaridan bilishi kerak

- Oybek Bozorovga maydonning boshqa tomonidan chiqib ketishi ko'p etirozli fikrlarga sabab bo'ldi...
- Oybek Bozorov o'rniga tushayotgan futbolchiga omad tilab chiqib ketsa, bu sherigiga ham madad bo'lardi. SHuning uchun uning maydonning bu tarafidan chiqishini so'ragandim. Lekin hakam vaqt cho'zilmasligi uchun uning maydonning boshqa tomonidan chiqib ketishini talab qildi.

- Bugun umumiy olganda jamoaingizning o'yinidan qoniqdingizmi?
- Jamoamiz raqibga qaraganda mazmunliroq o'ynadi. To'g'ri, "Navbahor" uzun paslar evaziga oldinga o'tdi. Lekin umumiy olganda, teng o'yin bo'ldi, biz pozicion hujum uyushtirish va xavfli vaziyatlar yaratishda faolroq bo'ldik.

- Jamoaning zaxirasi tor. Deylik Dilshod Saitovning qachon safga qaytishi mumkin?
- Dilshod Saitov umumiy guruhga qo'shildi. Uni asta-sekin safga qaytishini taminlaymiz. Ungacha ixtiyorimizdagi futbolchilar xizmatidan foydalanamiz. Bir xil tarkib bilan butun mavsumni o'tkazish og'ir. Ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Zaxiramiz torligi ham pand bermoqda. Barchani yaqinlashayotgan bayram bilan tabriklayman. 


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика