So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Hujum chizig'imizda muammolar ko'zga tashlanayapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hujum chizig'imizda muammolar ko'zga tashlanayapti"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun hujumkor futbol namoyish etdik. "Qo'qon-1912" pozicion hujumlarda harakat qildi va darvozamizni ishg'ol qilishga urindi. Biroq biz himoyada yaxshi turdik va raqibga gol urish uchun imkoniyat taqdim etmadik. Yuzaga kelgan vaziyatimizdan gol urib g'alabani qo'lga kiritdik.

Ko'rdinglar, bugun imkon qadar o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Ular yomon harakat qilishmadi deb o'ylayman.

- Erondan qaytib kelgan Azizbek Amonov jamoaga kirishib keta olmayapti. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- To'g'ri, Amonov hozircha biz kutgan o'yinni namoyish etib bera olmayapti. Bizda Lima Kruz ham safga qaytdi, endilikda ular o'rtasida raqobat kechadi. 

Hujum chizig'imizda muammolar ko'zga tashlanayapti. Hujumgacha yaxshi harakat qilayapmiz, biroq so'ngi nuqtani qo'yishda kamchiliklarimiz bor. Bu borada mashg'ulotlarda qattiq ishlayapmiz, ammo shu muammo baribir ko'zga tashlanib turibdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика