So’nggi yangiliklar

19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  0 19:20Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" (матнли трансляция)  66 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  1 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  4 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  13 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  8 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  21 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   7 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  1 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  6 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  10

Ro'ziqul Berdiev: CHempionlik – bu faxr, bu g'urur Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: CHempionlik – bu faxr, bu g'urur

Superligada 24-tur bahslari davom ettirildi. Nasaf jamoasi bu tur o'z maydonida So'g'diyona klubini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bellashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida ko'p to'xtalmoqchi emasman. Biz uchun asosiy voqea bugungi bayram edi. Oldimizdagi maqsadga erishganimizdan xursandmiz. Muxlislarimiz va o'zimizning orzumizga erishdik. Bu tarixiy voqea bilan barcha muxlislarimizni, klub rahbariyatini, jamoamiz azolarini, mehnat qilgan va qo'llab-quvvatlagan insonlarni tarixiy voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman.

CHempionlik bilan tabriklaymiz. Kelasi yil ham chempionlik kutamiz...

Bu qashqadaryoliklar, Nasaf muxlislari uchun tarixiy voqea. Bu faxr, bu g'urur. Bunday yutuqlar har doim ham bo'lavermaydi. Juda xursandmiz. Bugungi o'yinni hech kim eslamasa kerak. Ammo bugungi kunni tarixiy kun, chempionlik nishonlash sifatida uzoq yillar eslab qolinadi.

«Nasaf» kelasi yili Elit chempionlar ligasida o'ynaydi. Keyingi yilga qandaydir o'zgarishlar kutsak bo'ladimi?

Bilasizlar, bu ham bizning bir yutug'imizki, jamoaning darajasini, saviyasini ancha ko'tarib oldik. Men shuncha yildan beri ushbu jamoa bilan birgaman. Qachon Kubokni yutarkanmiz yoki qachon xalqaro maydonda o'ynarkanmiz, deb orzu qilardik. Hozirgi darajamizni ko'rib ko'pchilik xursand bo'ladi va havas qilishadi. SHuning uchun bu darajamizni ushlab turishimiz kerak. CHunki biror mavqega chiqadigan bo'lsak, bunga munosib bo'lish lozim. Albatta, bu borada klubimiz ish olib boradi. Bunga imkoniyatimiz va sharoitimiz bor. O'ylaymanki, oldimizga yanada yuqori maqsadlar qo'yiladi.

4 ta Kubokni yutish og'irroqmi yoki bir marta Superligani yutishmi?

CHempion bo'lish yoqimliroq. CHunki biz 7 ta Kubok yutganmiz. Lekin buni his qilish, muxlislar bilan nishonlash boshqacha ekan. SHu sababli endi faqat chempionlikka harakat qilishimiz kerak. Oldingizdagi maqsadga erishsangiz bundan yaxshiroq xursandchilik yo'q. Tarixda birinchi marta chempionlikni qo'lga kiritdik. Juda xursandmiz. Buning qadri va xursandchiligi katta.

Yoshi ulg'aygan futbolchilarning taqdiri nima bo'ladi?

Bu – futbol. Buni tushunishimiz va to'g'ri qabul qilishimiz lozim. Qaerdadir tajribali o'yinchilar kerak. Ammo jamoalar oldiga yoshartirish maqsadini ham qo'yish mumkin. Buni chuqurroq o'ylab, maslahatlashib, keyin qaror qabul qilamiz. Kimdir xizmat qilib, jamoamizga katta yordami tegib xayrlashgan taqdirimizda ham barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Keyingi yil bo'yicha hali aniq muhokama qilinmagan.

Qaysi chiziqlar sizni ko'proq tashvishlantiryapti?

CHiziqlarni qo'ying, biz hozir chempionmiz (kuladi).

«So'g'diyona»  chempion jamoani ikkala uchrashuvda ham bir xil hisobda taslim etdi. Nasaf uchun So'g'diyona nimasi bilan noqulay raqib?

Baribir o'yin haqida gapirishga to'g'ri keldi. Ko'rdinglar, biz raqibdan ancha ustun o'ynadik. O'yin mazmuni bo'yicha ham. Ular gol urishdi, biz esa gol urolmadik. Birinchi davradagi uchrashuv takrorlangandek bo'ldi. O'shanda ham ustunlikka erishgandik. Lekin bazida bizga noqulay raqib bo'ladi. «Al Husayn»ni ham ko'rdinglar, jamoamizdan unchalik ustun emasdi. Lekin ikkala uchrashuvda ham yutqazdik. Bu – futbol. SHuning uchun bu narsani qabul qilishimiz lozim. Buni alohida muhim jihati yo'q. Ko'p jamoalarni ikkita o'yinda ham yutganmiz. Qaysidir klub esa bizni 10 martalab ham yuta olmayapti. Bu statistika, bunga men qiziqmayman. Muhimi, natijaga erishdik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика