So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  9 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  0 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  7 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi raqibimiz bizdan ko'ra tajribali edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi raqibimiz bizdan ko'ra tajribali edi"

Teglar :  Nasaf "Lokomotiv"
Coca Cola Superliga 17-turi doirasida "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun tajribali jamoaga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Biroq baribir tajriba va mahorat o'z so'zini aytdi. Bugun biz o'z uslubimiz doirasida harakat qildik. "Lokomotiv"ga gol urish uchun kamroq imkoniyat yaratishga, ularning bo'sh zonalaridan unumli foydalanishga, ularni to'psiz qoldirishga intildik, ammo buni har doim ham eplay olmadik. CHunki "Lokomotiv"ning bir necha futbolchilari erkinroq o'ynashdi. Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimizda futbolchilarim diqqatni biroz yo'qotishdi va o'sha vaziyat o'yin taqdirini hal qildi. 

- Jamoangizning o'yinini qanday baholaysiz?
- "Lokomotiv"dek raqib bo'lganidan keyin o'yinimizni yuqori baholay olaman.

- "Nasaf" ushbu raqibiga ikkala o'yinda ham 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Bunga qanday izox bera olasiz?
- Bizga sovuqqonlik etishmayapti. Qarshida bo'lgan o'yinni eslasangiz, munosib o'yin namoyish qilib, ko'plab vaziyatlar yaratgandik. Ammo o'zingdan kuchliroq va tajribaliroq bo'lgan jamoaga qarshi o'yinda albatta gol urmasang, mag'lub bo'lishing aniq. Bugun shunday bo'ldi. Uchrashuvlar davomida biz ko'plab vaziyatlar yaratyapmiz, biroq bulardan foydalana olmayapmiz. "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda ham shunday bo'ldi.

- Superliga doirasida safarda o'tgan eng qiyin o'yin sifatida "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni keltira olasizmi?
- Bu yil ligada kutilmagan natijalar ko'p bo'lmoqda. Ko'p jamoalarning saviyasi tenglashayotgandek. SHuning uchun ham, nafaqat safardagi, balki uydagi o'yin ham qiyin o'tmoqda. G'alabaga erishish uchun uy yoki safar deb ajratmasdan bor kuchni ishlatish kerak.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика