So’nggi yangiliklar

10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  9 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  5 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  9 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  2 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4

Ro'ziqul Berdiev BAAga boradigan O'zbekiston MTJ tarkibini elon qildi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev BAAga boradigan O'zbekiston MTJ tarkibini elon qildi

Xabaringiz bor, shu yilning 1 oktyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandum imzolagan edi.
Ana shu memorandum doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda BAA milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi borasida kelishuvga erishilgandi.14 noyabr kuni BAAda bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yiniga milliy terma jamoani Ro'ziqul Berdiev olib borishi avval malum qilingandi.Mazkur o'rtoqlik o'yiniga tayyorgarlikni milliy terma jamoa azolari 10 noyabr kuni Toshkentda boshlaydi. Ikki kun davomida poytaxtimizda mashg'ulot o'tkazgan milliy terma jamoa futbolchilari 12 noyabr BAAga jo'nab ketishadi.

Ro'ziqul Berdiev BAA milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yiniga ayni paytda o'z poziciyalarida yurtimizda eng kuchli bo'lib turgan 23 nafar futbolchini jalb qildi.

Qayd etish joizki, BAAga qarshi o'rtoqlik o'yinida bosh murabbiy legionerlar xizmatidan foydalanmay, asosan yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazishga qaror qilgan.

BAAga qarshi o'rtoqlik o'yiniga taklif qilingan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Sanjar Quvvatov (“Nasaf”), Javohir Ilyosov (“Mashal”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), SHerzod Azamov (“Paxtakor”), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Akromjon Komilov (“Bunyodkor”), SHuhrat Muhammadiev (“Lokomotiv”);

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”), Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Javohir Sidiqov (“Qo'qon-1912”), Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”), Azizbek Turg'unboev (“Navbahor”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”);

Hujumchilar: Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Ivan Nagaev (“Buxoro”).

Eslatib o'tamiz, BAA milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Reyting: +347   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика