Ro'ziqul Berdiev: “Al-Jaish” asosan legionerlarga tayanadi”
10 mar 2014 20:07
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Al-Jaish” asosan legionerlarga tayanadi”
“Bunyodkor”ning ertangi raqibi – Qatarning “Al-Jaish” klubi yurtdoshlarimiz uchun jumboq desa ham bo'ladi.
Sababi, Osiyo CHempionlari ligasi pley-off doirasidagi “Al-Jaish” – “Nasaf” uchrashuvi televidenie orqali olib ko'rsatilmadi. SHu bois ham yurtdoshlarimizning yirik hisobidagi mag'lubiyati ko'pchilik uchun tushunarsiz bo'lib qoldi. Biz “Bunyodkor” – “Al-Jaish” uchrashuvidan oldin Qatar jamoasi o'yinini yaxshi o'rgangan va ular imkoniyatini chamalay oladigan mutahassis, “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievdan raqib haqida fikr bildirishini so'radik.
-“Al Jaish” biz bilan o'yinga o'z chempionatida bir nechta tur o'yinlarida g'alabaga erishib, jamoa ruhiy tomondan juda yaxshi holatda edi. Aynan shu jihat ham bizga qarshi o'yinda raqibga ustunlik bergandi. “Al Jaish” asosan legionerlarga tayangan holda o'ynaydi. Bular francuz Ekoko, braziliyalik Nilmar va Anderson hamda koreyalik Seul Gi... Jamoa asosan 4-3-3 taktik sxema ostida harakatlanadi. Futbolchilar texnik jihatdan yaxshi ko'rsatkichlarga ega. Standart vaziyatlarda markaziy himoyachilar hujumga muvaffaqiyatli qo'shila olishadi. Bu bilan “Al-Jaish”ni “Bunyodkor”dan ustun deb atamagan bo'lardim. CHunki “Nasaf”ga qarshi o'yinda biz ham ularni xato qilishga majbur qila oldik. Ammo yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda ozigna aniqlik etishmadi. “Al-Jaish” esa yaratilgan vaziyatlardan maksimum foydalana oldi. SHu bois ertangi o'yinda kim vaziyatlardan samaraliroq foydalana olsa, omad kimga kulib boqsa o'sha jamoa g'olib chiqishi mumkin...

Fikrlar