So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  9 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  10 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

Ro'ziqul Berdiev: "3:0 hisobida yutdik, ammo juda ko'p xato qildik. Traoreni yaqin orada ko'rasizlar. "Boksing dey"da maksimal ochko olishga urinamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "3:0 hisobida yutdik, ammo juda ko'p xato qildik. Traoreni yaqin orada ko'rasizlar. "Boksing dey"da maksimal ochko olishga urinamiz"

"Nasaf" - "So'g'diyona" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

"Uch ochko qo'lga kiritdik. 3:0 hisobida g'alaba qozonganimizga qarab xatolar bo'lmagan deb o'ylashingiz mumkin. Ammo xatolar ko'p bo'ldi. O'yinni yaxshi boshladik, vaziyatlar ham yaratdik. 2:0 hisobida oldinga o'tib olgach, to'p nazoratini yo'qotdik. Lekin oxirida raqib ko'proq hujumga etibor qaratgani bois uchinchi golni urdik", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Dinamo"ga ijaraga berilgan legioner Faysal Traore "Nasaf"ga qaytarildi. Kecha u U-21 jamoasida to'liq harakat qildi. Uni qachon asosiy tarkibda ko'rishimiz mumkin?

- Uni tayyorlab boramiz. Kecha U-21 jamoasida yomon o'ynagani yo'q. Hali yosh futbolchi, universal o'ngda ham, chapda ham o'ynay oladi, chap qanot himoyada ham harakat qila oladi. Undan keyingi o'yinlarda foydalanishga harakat qilamiz.

- Avgust oyida Superliga klublarini o'ziga xos "boksing dey" kutib turibdi. "Nasaf" har 3 kunda o'yin o'tkazishga tayyormi?
- Bugungi o'yin ko'rsatdiki, ikkala jamoada ham kamchiliklar bor. CHunki o'yin tempi juda ham past bo'ldi. Bu xuddi kichik bir turnirdek gap, maksimal tarzda ochko to'plashga intilamiz.

- Klublarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tishi va OCHLga licenziya olishdagi muammo haqida eshitdingizmi? Bunga munosabatingiz qanday?

- O'yindan tashqari savol ekan. To'g'risi bu savolga javobim yo'q.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика