Rossiyaning ikki klubi Mxitaryanni ijaraga olmoqchi bo'lgandi
09 fev 2018 00:14
Yangiliklar
Rossiyaning ikki klubi Mxitaryanni ijaraga olmoqchi bo'lgandi
MatchTV telekanali sharhlovchisi Nobel Arustamyan “Maxfiy hujjatlar” dasturining yangi sonida xabar berishicha, Rossiya premer ligasining bir yo'la ikki klubi Genrix Mxitaryanni ijara asosida o'z safiga qo'shib olish niyatida bo'lganligini malum qildi.
Barchaning xabari bor Mxtirayan qishki transfer oynasi vaqtida “Manchester Yunayted”dan “Arsenal”ga ko'chib o'tdi.
“Mxitaryan futbolni tanladi. U Angliyada qolishni istadi. Men RFPLning ikkita jamoasi ushbu futbolchini ijara asosida o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanliginidan xabarim bor edi. “MYU”dan futbolchining transferini sotib olish amalda imkonsiz, shu sabab ushbu klublar uni ijaraga bo'lsada, o'z tarkibiga jalb etmoqchi edi.
Ammo futbolchining o'zi barchaga Angliyada to'p tepish niyatida ekanligini ko'ratdi va “Arsenal”ni tanladi. SHu sabab biz uni hozircha Rossiyada ko'rmaymiz. Biroq, bir necha yillardan keyin u baribir Rossiyada o'ynaydi”, deydi Arustamyan.
Fikrlar