Pep Gvardiola: "Men bu erda faqatgina murabbiy emasman"
04 okt 20:58
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Men bu erda faqatgina murabbiy emasman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola, garchi moliyaviy feyr-pleyni buzishda ayblanayotgan bo'lsa-da, klubiga ishonchi yuqoriligini malum qildi.
"Men bu erda faqatgina murabbiy emasman, klubning bir qismiman. Klubni himoya qilishning eng yaxshi yo'li - o'z ishimni qilib, ko'proq g'alabalar qayd etish. Men shu erdaman, klub vakili sifatida OAV bilan gaplashyapman va muxlislarga o'z murojaatlarimni etkazyapman.
Va albatta, men o'z klubimni himoya qilaman, klub egalariga, bosh direktori va barcha odamlariga ishonaman. Ular men sizlardan ko'ra juda yaxshi bilaman. Himoyalanishning eng zo'r yo'li - har bir ishchi uchun g'alaba qozonib, o'z masuliyatimizni bajarish.
Sakkiz-to'qqiz yil davomida ular bunday holatga endi tushishdi, lekin barcha o'z joyida turibdi. Bu erda faqatgina murabbiy emasman. Bu klubni yaxshi ko'raman va shunday bo'lib qoladi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar