So’nggi yangiliklar

14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  4 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  41 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   18 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  4 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  34 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0

Rossiya - Misr o'yini oldidan. Stanislav CHerchesov: "Salah bizga qarshi o'ynasa-o'ynamasa yutishni xohlaymiz" Yangiliklar

Rossiya - Misr o'yini oldidan. Stanislav CHerchesov: "Salah bizga qarshi o'ynasa-o'ynamasa yutishni xohlaymiz"

Ertaga JCH-2018 guruh bosqichi 2-tur bahslariga start beriladi.

Musobaqa mezboni Rossiya terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi. Bugun o'tkazilgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida ruslar ustozi Stanislav CHerchesov bir qator savollarga javob qaytardi. Quyida matbuot anjumanidagi savol-javoblarni to'liq shaklda keltirib o'tamiz.

- O'yingacha nima reja qilgan bo'lsak, hammasini bajardik, - deya so'z boshladi CHerchesov. - Bugun odatiy dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazdik. Faqat yangilik sifatida ko'proq standart vaziyatlar ustida ishladik, chunki kecha bunga vaqt bo'lmagandi.

- Asosiy tarkibga kim kirishini hal qilib oldingizmi: Fyodor Smolovmi yoki Artyom Dzyubami?
- Doim o'yindan oldin turli variantlar ustida bosh qotiramiz. Menda yakuniy qarorga kelish uchun hali vaqt bor. SHuni aytishim mumkin, futbolchilarni tanlab olayotganimda qaysi stadionda o'ynashimiz va kimning birinchi uchrashuvda qanday harakat qilganiga ko'p etibor bermayman. CHunki biz umuman boshqa saviyadagi va taktikasi ham o'zgacha jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Har doim eng yaxshi futbolchilar boshlang'ich tarkibda o'ynashadi.

- Alan Dzagoev jamoa bilan Piterga kela olmadi. Uning o'rnini yana CHerishev egallaydimi? Umuman Alanning yo'qligi jiddiy yo'qotishmi?
- Afsuski, futbolda jarohatlar doim yonma-yon yuradi. Hech kim bundan kafolatlangan emas. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda CHerishev Zagoevning o'rniga maydonga tushib, juda yaxshi harakat qildi. U barcha ko'rsatmalarni bajardi. Lekin ertangi bahsda kim o'ynashini ertaga hal qilamiz.

- Sizningcha, har ikki arab jamoasi - Saudiya Arabistoni va Misr o'rtasida umumiy o'xshashlik bormi?
- Bu savolga faqat Misrga qarshi uchrashuvdan so'ng javob bera olaman. CHunki o'ynamay turib fikr bildirish qiyin. Faqat shuni aytishim mumkin, arablarda texnikasi yuqori futbolchilar ko'p. Lekin Misrning saviyasi baland.

- Muhammad Salahga qarshi qanday o'ynamoqchisiz?
- Har bir jamoaning etiborga loyiq o'yinchilari bo'ladi. Misrda tarkib kuchli, lekin Salah haqiqiy etakchi. Biz buni hisobga olganmiz, biroq ertaga faqat Salahga qarshi o'ynamaymiz. Bizda o'ziga xos reja bor va uni ertaga amalga oshiramiz.

- Salahga qarshi Serxio Ramos "vazifasini bajara oladigan" futbolchi bizda bormi?
- Birinchidan, ECHL finalida Ramos unga atayin jarohat etkazmadi. Ikkinchidan, futbol to'qnashuvlarga boy sport turi. Bunda jarohat olishing mumkin. Lekin men xohlardimki, Salah sog' bo'lsin, axir u ham ko'plab muxlislarni xursand qilishni istaydi. Aynan unga o'xshagan futbolchilar jahon chempionatini bezab berishadi.

- Angliyada ham, Evropada ham Salahni hech kim "yopa olmadi". Siz buni qanday uddalamoqchisiz?
- Javob oddiy. Men o'z jamoam va futbolchilarimga ishonaman. Biz buni bajarishga tayyormiz va bajaramiz ham.

- Siz ruslarga qarshi Salah maydonga tushishini xohlaysizmi?
- To'g'risi bu savolga nima deb javob berishni bilmayman. Men faqat bir narsani xohlayman: ertaga jamoam g'alaba qozonishini.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика