So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  3 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  3 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Rossiya kubogida g'olib chiqqan andijonlik jaydari yigit Vagiz Galiulinni tabriklaymiz Yangiliklar

Rossiya kubogida g'olib chiqqan andijonlik jaydari yigit Vagiz Galiulinni tabriklaymiz

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbolchilarni unutilmas kun bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun Andijon futboli tarbiyalanuvchisi, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, Rossiya Kubogi sohibi Vagiz Galiulin 33 yoshga qadam qo'ydi. Bugungi qahramonimiz professional futbolchilik faoliyatini 2002 yil "Andijon" jamoasida boshlagan. 2006 yilda "Rubin" klubiga ko'chib o'tgan. Keyinchalik Rossiyaning boshqa klublari - "Sibir", "Nefteximik", "Ufa", "Tosno", "Tambov" sharafini himoya qildi. Bugungi kunda esa quyi divizion jamoasi "Nefteximik"da to'p tepmoqda. Vagiz "Tosno" bilan birga Rossiya Kubogida zafar quchgan. Bir necha yil davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o'ynagan. 2011 yilda Osiyo Kubogida jamoamiz bilan birga 4-o'rinni egallagan. 

- O'zimni irodali inson deb bilaman. Bolalik chog'imdayoq ana shunday xarakterga ega bo'lganman. Men tug'ilganimda onam vafot etganlar. Onasiz ulg'aydim. Dadam ishga ketgan paytlarida bir o'zim maktabga borardim. Mashg'ulotlarga ham faqat yolg'iz borganman. Yoshlik chog'imdan mustaqil yashashga o'rgandim va tinmasdan harakatda bo'ldim. Rossiyaga 18 yoshimda kelganman va bunday katta mamlakatda bir o'zim qolganman. Dadamning maslahatlari bilan hamma narsa joyiga tushgan. Yaqinlarimning juda yaxshi qo'llab turishi mening ustun tomonlarimdan biridir, - deya yoshlikdagi qiyinchiliklarni eslaydi Galiulin.

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud kunini nishonlayotgan Vagiz Galiulinni unutilmas sana bilan muborakbod etamiz. Balki, qachonlardir u yana Andijonga, O'zbekistonga qaytar. Murabbiy sifatida ko'p yillik tajribalarini yosh avlodga ulashar, biz bunga chin dildan umid qilib qolamiz. U "Rubin"da turkmanistonlik mashhur mutaxassis Qurbon Berdiev qo'l ostida bir necha mavsum o'ynagani unga kelajakda murabbiy sifatida shakllanishida yordam bersa ajab emas.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика