Rossiya kubogi. "Torpedo" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi, Erkinov zaxiradan maydonga tushirildi
14 sen 2022 19:13
Yangiliklar
Rossiya kubogi. "Torpedo" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi, Erkinov zaxiradan maydonga tushirildi
Rossiya kubogining 2-turidan o'rin olgan "Sochi" - "Torpedo" uchrashuvi yakunlandi.
Moskvaliklar ushbu mavsumdagi ilk g'alabasini Sochida tantana qilishdi. Qolaversa, jamoaning 7 o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyasiga chek qo'yildi. Mehmonlar tarkibida David Karaev, Igor Lebedenko va Aleksandr Ryazancev kiritgan to'pga mezbonlardan Amir Batirev javob qaytardi.
Mazkur bahsda "Torpedo"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Hojimat Erkinov 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Sochi – Torpedo 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 20 Batirev, 1:1 – 54 Karaev, 1:2 – 60 Lebedenko, 1:3 – 75 Ryazancev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar