Rossiya - Kosta-Rika uchrashuvining barcha chiptalari sotildi
08 okt 2016 14:23
Yangiliklar


Rossiya - Kosta-Rika uchrashuvining barcha chiptalari sotildi
Rossiya terma jamoasining Kosta-Rikaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga chiqarilgan hamma chiptalar sotib bo'lindi, deya xabar bermoqda "Krasnodar" klubining marketing bo'limi rahbari Vadim Voinov.
- O'yinga chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo'lindi. G'aznada chiptalar qolmagan, barchasi tugadi. Rossiya - Kosta-Rika uchrashuvida stadion liq to'lishi aniq.
Eslatib o'tamiz, Rossiya - Kosta-Rika uchrashuvi 9 oktyabr kuni Krasnodardagi yangi qurib bitkazilgan stadionda bo'lib o'tadi.
Ushbu stadion o'z bag'riga 34 291 nafar tomoshabinni sig'dira oladi.
Ushbu bellashuvni hamyurtimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
O’xshash yangiliklar
00:27
Ravshan Ermatov: "O'rtoqlik o'yinlari haqida bir to'xtamga kelganimizdan so'ng xabar beramiz" 21
23:21
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 1

Fikrlar