Ronalduning ortidan O'zil ham Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin
02 jan 2023 20:10
Yangiliklar
Ronalduning ortidan O'zil ham Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin
"Real" va "Arsenal" klublarining sobiq yarim himoyachisi Mesut O'zil faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, 34 yoshli yarim himoyachiga turnir jadvalida 12-o'rinda borayotgan "Al Feyxa" qiziqish bildirmoqda.
O'zil ayni damda Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” klubiga tegishli. Mesut belidagi muammolar tufayli mavsumning birinchi yarmida kam sonli o'yinlarda maydonga tushdi.
Nemis futbolchisi turk jamoasiga 2022 yilning yozida kelib, bir yillik shartnoma imzolagandi. Uning transfer narxi hozirda bir million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar