So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  50 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  15 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0

Ronalduga havas qilib, Messiga o'xshab gol uradigan Aziz Turg'unboev 26 yoshga to'ldi Yangiliklar

Ronalduga havas qilib, Messiga o'xshab gol uradigan Aziz Turg'unboev 26 yoshga to'ldi

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan keng futbol jamoatchiligi vakillarini hayotlaridagi unutilmas sana bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi va "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Aziz Turg'unboev o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Futbolchi bugun 26 yoshga to'ldi. 

Yodingizda bo'lsa, "Navbahor" futbolchisi qishki transfer oynasi paytida bir vaqtning o'zida ikki klub - "Navbahor" va "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagani aniqlangan, buning natijasida O'FA Turg'unboevni 6 oy muddatga futboldan diskvalifikaciya qilgandi. 2019 yilning 9 iyul sanasiga qadar futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan chetda bo'lgan bugungi qahramonimiz yana katta futbolga qaytdiyu, lekin baribir yarim yillik futbolsiz hayot uning o'yiniga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Ikki klubning xatosi tufayli ikki yil oldin mavsum kashfiyotiga aylangan futbolchining faoliyati izdan chiqdi. 

Mayli, bo'lar ish bo'lib o'tdi. Muhimi, bu kabi g'alati ishlar endi boshqa futbolchilarimiz bilan takrorlanmasin. Aziz Turg'unboev bu mavsum bo'lmasa, keyingilarida albatta yana o'z so'zini aytadi. Yarim himoyachi yana avvalgidek gollar ura boshlaydi, jamoasini g'alabalar sari etaklaydi. 

Tashqi ko'rinishidan Ronalduga o'xshab ketadigan Turg'unboev aynan Krishtianuga muxlislik qiladi. Lekin chapaqay bo'lgani uchunmi, harakatlari, jarima zarbalaridan kiritayotgan gollari portugaliyalik yulduzdan ko'ra Lionel Messiga o'xshaydi. Uning keyingi faoliyati ham dunyo futboli yulduzlarinikidek bo'lib qolsin. Biz "Navbahor" klubi tarbiyalanuvchisiga nomlari tilga olingan futbolchilarning yo'lini tilaymiz va bugungi tavallud ayyom muborak bo'lsin, deya niyat bildiramiz. Bu tilaklarga "Navbahor" jamoasining ko'p ming sonli fidoiy muxlislari ham qo'shilishadi degan umiddamiz. 

Darvoqe, bugun "Navbahor" Superliganing 18-turini safarda "Buxoro" klubiga qarshi o'tkazadi. Azizbekka o'z tug'ilgan kunida darvozani ishg'ol qilib, jamoasiga g'alabani tortiq etish nasib qilsin. Har qanday holatda ham raqib darvozasi ishg'ol qilinsa, u albatta Turg'unboevga bag'ishlanadi va nishonlanadi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика