So’nggi yangiliklar

18:58ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА (матнли трансляция)  80 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  0 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  15 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  10 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  1

Ronaldu va uning 11ta qizil kartochkasi Yangiliklar

Ronaldu va uning 11ta qizil kartochkasi

"Yuventus"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Valensiya" bilan o'yinda qizil kartochka olib maydonni tark etganidan xabaringiz bor.

Biz besh karra "Oltin to'p" sohibining barcha qizil kartochkalarini yodga olishga qaror qildik.

15 may 2004 yil. Angliya premer-ligasi. "Aston Villa" – "Manchester Yunayted" – 0:2.
85-daqiqada chetlatilgan.
Sabab:
ikkinchi sariq kartochka (simulyaciya + sportchilarga xos bo'lmagan harakat).
Diskvalifikaciya: 1ta o'yin

Ronaldu APLdagi debyut mavsumi oxirida faoliyatidagi ilk qizil kartochkasini olgandi. Portugaliyalik futbolchi dastlab 38-daqiqada simulyaciya uchun sariq oldi, 85-daqiqada hisob 2:0 bo'lib turgan paytda xushtakdan so'ng to'pni tepgani uchun ikkinchi bor ogohlantirilib, maydondan chetlatilgan. O'sha uchrashuvda Ronaldu hisobni ochgandi.



14 yanvar 2006 yil. Angliya premer-ligasi. "Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" – 3:1.
66-daqiqada chetlatilgan.
Sabab:
keskin qo'pollik.
Diskvalifikaciya: 3ta o'yin

Manchester derbisida Ronalduni "Siti" muxlislar tinmay haqorat qilishdi, raqib himoyachilari uning oyog'iga rosa tepishdi. 66-daqiqada "Siti" 2:0 hisobida oldinda borayotgan bir paytda, hakam navbatdagi bor unga nisbatan ishlatilgan qo'pollikni beetibor qoldigach, raqib oyog'iga qarab sakragandi. Yakunda Ronaldu qizil kartochka va 3ta o'yinlik diskvalifikaciyani qabul qilib olgan.


15 avgust 2007 yil. Angliya premer-ligasi. "Portsmut" – "Manchester Yunayted" – 1:1.
85-daqiqada chetlatilgan.
Sabab:
sportchilarga xos bo'lmagan harakat.
Diskvalifikaciya: 2ta o'yin

Derbidan bir yarim yil o'tgach voqea takrorlandi – Ronaldu yana asablarni jilovlay olmadi. "Portsmut"ga qarshi o'yinning 85-daqiqasida hisob 1:1 bo'lib turgan paytda, portugaliyalik burchak to'pi vaqtida o'zini xaddan ortiq qo'riqlab yuborgan himoyachini turtib yubordi. Bu harakati uchun MYU vakili ikkita o'yinda ishtirok etmagandi.

30 noyabr 2008 yil. Angliya premer-ligasi. "Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" – 0:1.
68-daqiqada chetlatilgan.
Sabab:
ikkinchi sariq kartochka (hujumni to'xtatish + to'pni qo'l bilan o'ynash).
Diskvalifikaciya: 1ta o'yin

Yana Manchester derbisi – yana chetlatish. Bu safar barchasi juda ham achinarli tarzda ro'y berdi: Birinchi sariq kartochkani Ronaldu odatiy, raqib hujumini uzish uchun qilgan kichik qo'polligi uchun olgan, ikkinchi ogohlantirish esa raqib jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun berilgan... Vaholanki o'sha paytda uning jamoasi 1:0 hisobida oldinda borayotgandi.


5 dekabr 2009 yil. Ispaniya chempionati. "Real" – "Almeriya" – 4:2.
87-daqiqada chetlatilgan
Sabab:
ikkinchi sariq kartochka (sportchilarga xos bo'lmagan harakat + qo'pollik).
Diskvalifikaciya: 1ta o'yin

Ispaniyaga ko'chib o'tgan portugaliyalik ilk qizil kartochkasini yarim yil bo'lmasdan olgandi. "Almeriya"ga qarshi o'yin oxiri Ronaldu uchun juda ham g'alati o'tgan. 82-daqiqada u penaltidan gol ura olmaydi, 85-daqiqada gol urib uni juda ham ko'p nishonlagani uchun sariq kartochka olgan, 88-daqiqada maydondan chetlatildi. "Almeriya" himoyachisi uni xaddan tashqari keskin tarzda qo'riqlagani uchun Krishtianu uning oyog'iga zarba berishga qaror qilgandi.



24 yanvar 2010 yil. Ispaniya chempionati. "Real" – "Malaga" – 2:0.
70-daqiqada chetlatilgan.
Sabab: 
Keskin qo'pollik
Diskvalifikaciya: 2ta o'yin

Ikki oy o'tar-o'tmas Ronaldu yana "o'zini ko'rsatdi". "Malaga" himoyachisi hujum vaqtida o'yinda dublga erishgan portugaliyalikning futbolkasiga xuddi kuchuk kabi yopishib oldi, bunga javoban Ronaldu raqib yuziga zarba berdi. Navbatdagi janjal va ikkita o'yinlik diskvalifikaciya.


17 may 2013 yil. Ispaniya kubogi. "Real" – "Atletiko" – 1:2 (qo'shimcha taym).
115-daqiqada chetlatilgan.
Sabab
: keskin qo'pollik
Diskvalifikaciya: 1ta o'yin

"Malaga"ga qarshi o'yindan so'ng Ronaldu uch yil umuman qizil kartochka olmadi. Ammo Madrid derbisida o'zini tutib tura olmadi. Balki o'sha vaziyatda Gabi simulyaciya qilgandi, ammo portugaliyalik futbolchining butsasi raqibning burnini uzib yuboray degani rost.

2 fevral 2014 yil. Ispaniya chempionati. "Atletik" – "Real" – 1:1.
75-daqiqada chetlatilgan
Sabab
: sportchilarga xos bo'lmagan harakat
Diskvalifikaciya: 3ta o'yin

"Atletik" bilan o'yinda bask himoyachilaridan biri Benzemani yiqitdi, Ronaldu barcha futbolchilar to'planib turgan paytda negadir Gurpegining yuziga qo'li bilan tegdi. "Atletik" vakili albatta o'zini o'layotganga solib erga quladi, ammo hakamda qizil ko'rsatish uchun etarlicha sabab bor edi


24 yanvar 2015 yil. Ispaniya chempionati. "Kordova" – "Real" – 1:2.
83-daqiqada chetlatilgan
Sabab
: sportchilarga xos bo'lmagan harakat
Diskvalifikaciya: 2ta o'yin

2015 yil boshida "Kordoba"ga qarshi o'yin oxiri, hisob 1:1, Ronaldu raqibi vakili Edimarning oyog'iga tepdi va Xose Kresponing yuziga zarba berdi. Krishtianu chetlatildi, "Real" yakunda Beylning goli tufayli g'alaba qozonib ketdi.


14 avgust 2017 yil. Ispaniya Superkubogi. "Barselona" – "Real" – 1:3.
72-daqiqada chetlatilgan
Sabab
: ikkinchi sariq kartochka (formasini echgani uchun + simulyaciya).
Diskvalifikaciya: 5ta o'yin

Ronaldu "Real" safidagi oxirgi qizil kartochkasini "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi doirasiga olgan. Zidan uni asosiy tarkibga kiritmagan va hisob 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushirgan. 80-daqiqada Ronaldu tezkor qarshi hujumni chiroyli gol bilan yakunlab jamoasini 2:1 hisobida oldinga olib chiqdi va golini futbolkasini echib nishonladi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. Oradan ikki daqiqa o'tgach, KR7 raqib jarima maydoni ichida yiqildi va penalti talab qildi, hakam esa...simulyaciya uchun ikkinchi sariqni ko'rsatib, Ronalduni chetlatdi. Uning qaroriga qo'shilmagan hujumchi hakamni turib maydondan chiqib ketdi. SHu bois unga 5ta o'yinlik diskvalifikaciya tayinlandi. 



19 sentyabr 2018 yil. Evropa chempionlar ligasi. "Valensiya" – "Yuventus" – 0:2.
29-daqiqada chetlatilgan
Sabab: 
sportchilarga xos bo'lmagan harakat
Diskvalifikaciya: hozircha nomalum

Turinning "Yuventus" klubiga ko'chib o'tgan Ronaldu ushbu jamoa safida gol urishni 3ta o'yin kutdi. "Keksa Sinora" safida o'zi uchun sevimli bo'lib qolgan CHempionlar ligasidagi debyutida Ispaniyaga safar qilgan portugaliyalik futbolchi birinchi taymning o'rtalarida raqib vakili Jeyson Muriloning sochini ushlab olgani uchun bosh hakam Feliks Brix uni maydondan haydadi. Hozircha u nechta o'yinni tomoshabinlar qatorida kuzatishi malum qilinmadi. Ronaldu ECHLdagi o'zining 154-uchrashuvida birinchi bor qizil oldi.




Xorij saytlari asosida Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика