Ronaldu: “Runi va Nevill – menga do'st emas. Kin va Ferdinand esa …”
15 noy 2022 07:45
Yangiliklar
Ronaldu: “Runi va Nevill – menga do'st emas. Kin va Ferdinand esa …”
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Pirs Morganga bergan intervyusidagi navbatdagi detallar Britaniya TVsi orqali namoyish etildi.
Bu safar portugaliyalik sobiq jamoadoshlari haqida fikr bildirgan.
“Runi va Nevill – menga do'st emas. Ular hamkasblarim. Birgalikda harakat qilganmiz, ammo ular bilan ko'rishib turmaymiz, kechki ovqatni ham birga o'tkazmaymiz. Bir yoki yarim yil oldin Runi uyimga farzandlari bilan kelgandi va o'g'limni futbolga chaqirgandi. Bunday odamlarni tushuna olmayman. Balki, ular mashhur bo'lish uchun meni tanqid qilishar. Ehtimol, ular afishalarda bo'lishni istashar. Birga o'ynagan odamlaringdan buni eshitish og'ir. Kin va Ferdinand esa yaxshi yigitlar. Ular men haqimda faqat yaxshi gapirgani uchun emas. Ular futbolchilar nimani o'ylashi va o'zini qanday tutish kerakligini bilishadi”, deydi 37 yoshli forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar