Ronaldu: “MYU hech qachon engilmaydi”
03 noy 2021 07:27
Yangiliklar
Ronaldu: “MYU hech qachon engilmaydi”
“Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronaldu CHempionlar Ligasi 4-turi doirasida “Atalanta”ga qarshi (2:2) o'tgan bahsdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Og'ir o'yin. Bergamoda o'ynash doimo qiyin, ammo biz oxirigacha ishondik. Juda baxtiyorman.
Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz, oxirigacha ishonamiz. Bu MYU uchun yaxshi natija. Boshlanishi qiyin bo'ldi, “Atalanta” yuqori bosim o'tkazishini bilardik. Ularda fantastik murabbiy bor. “Yuventus”daligimda ularga qarshi o'ynash doimo qiyinchilik tug'dirardi. Yakunda bizga biroz omad ham keldi, ammo bu futbol.
Mukammalashishda davom etishimiz lozim. Bizda turli darajadagi futbolchilar, boshqcha tizim mavjud, bir-birimizga moslashishimiz kerak, lekin bu vaqt talab qiladi. Yanada yaxshiroq bo'lishga esa hali vaqtimiz etarli”, deydi o'yinda dublga erishgan Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar