Ronaldu dubl qayd etish bo'yicha Messiga yaqinlashib oldi
16 okt 2023 09:11
Yangiliklar
Ronaldu dubl qayd etish bo'yicha Messiga yaqinlashib oldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Slovakiya darvozasiga ikkita gol urdi.
Uning gollari terma jamoasiga Evro-2024 yo'llanmasini muddatidan oldin qo'lga kiritishga yordam berdi. Portugaliyalik futbolchi uchun ushbu uchrashuvdagi dubl faoliyatidagi 153-dubl bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu Ronaldu hamon 156 dubl qayd etgan Lionel Messidan ortda qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya o'z guruhida 7 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, Evro-2024 yo'llanmasini muddatdan avval qo'lga kiritdi. Ronaldu esa Evro-2024 saralash bahslarining to'purarlar poygasida 7 ta gol bilan Lukaku (9 ta)dan so'ng ikkinchi o'rinda ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar