Ronaldo: "Hozirgi futbol juda zerikarli"
26 iyu 2024 16:46
Yangiliklar
Ronaldo: "Hozirgi futbol juda zerikarli"
Braziliyalik Ronaldo futbol zerikarli tus olganini, shu sabab hozir ko'proq tennis ko'rayotganini malum qildi.
Sobiq futbol afsonasi tennis murabbiyi Patrik Muratogluning akademiyasidagi tadbirga bordi.
"Bugun men tennisni futboldan ko'ra ko'proq yoqtiraman. Bu aqlbovar qilmas. Men ortiq futbol ko'ra olmayman - u hozir juda zerikarli. Lekin, 5 soat tennis tomosha qilib o'tirishim mumkin.
Men haftasiga 3 marta mashg'ulot o'tkazyapman va ancha raqobatbardosh bo'lib qoldim. Bekxendni hisobga olmaganda tennis o'yinim borgan sari kuchayib bormoqda", - dedi Ronaldo.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar