Ronaldo "Barselona"da nega bor-yo'g'i bir mavsum o'ynaganini aytib berdi
18 fev 2017 10:54
Yangiliklar
Ronaldo "Barselona"da nega bor-yo'g'i bir mavsum o'ynaganini aytib berdi
"Barselona", "Inter" va "Real" sobiq futbolchisi Ronaldo ko'k-anorranglilar safida nega bor-yo'g'i bir mavsum o'ynagani haqida gapirib berdi.
Braziliyalik 1996-1997 yillarda Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan.
"Bu ajoyib tajriba bo'lgan, ammo "Barselona"da qolish imkoniyati yo'q edi. Bunga o'zim sababchi emasman. Klub bilan deyarli shartnomani uzaytirgan edim. O'shanda Ispaniya chempionati yakunlanishiga bir oy qolgandi. Ammo bir hafta o'tib klub prezidenti va advokat "Barselona" bilan tuzilgan shartnoma absurd ekanligini aytdi. Ular 29 mln. dollar to'lashni istagan har qanday klubga meni sotmoqchi edi. "Barselona"da hozir ham shunday ishlar davom etmoqda" - deydi Ronaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar