Ronaldino: "Umid qilamanki, Xavi tez orada murabbiy sifatida "Barselona" tarixiga kiradi"
07 fev 2023 14:26
Yangiliklar
Ronaldino: "Umid qilamanki, Xavi tez orada murabbiy sifatida "Barselona" tarixiga kiradi"
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Ronaldino Xavi Kataloniya klubi tarixiga nafaqat ajoyib futbolchi, balki muvaffaqiyatli murabbiy sifatida ham kirishiga umid bildirdi.
Klub tarbiyalanuvchisi Ronald Kuman o'rniga 2021 yilning noyabridan beri "Barsa"ni boshqarib kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda "Barselona" La Liganing 20-turidan keyin "Real"dan 8 ochko oldinda va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Sovrin yutish oson emas, lekin u yaxshi ishlayapti va umid qilamanki, u tez orada klub tarixidan joy oladi.
Xavi – mening do'stim. Umid qilamizki, ishlar bundan keyin ham ijobiy davom etadi va u chempionlikni qo'lga kiritadi", – dedi Ronaldino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar