So’nggi yangiliklar

01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  0 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  4 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  53 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6

Ronaldino, Aleksis... So'nggi lahzalarda "o'g'irlab" ketilgan 7 transfer Yangiliklar

Ronaldino, Aleksis... So'nggi lahzalarda "o'g'irlab" ketilgan 7 transfer

Jamoa bir necha oylar davomida futbolchi bilan muzokara olib boradi.

OAV uning transferi borasida ko'plab malumotlarni tarqatadi. Biroq boshqa jamoaga oraga suqilib, uni o'z tomoniga og'dirib oladi. Quyida biz shunday transferlar haqida to'xtalamiz.

Aleksis Sanches, "Arsenal" - MYU. "Manchester Siti" qolib ketdi


Buning sirli tomoni yo'q. Gvardiola bir yil davomida Sanches bilan gaplashib bordi va u bilan shartnoma imzolashga intildi. Aleksis "Arsenal"ning etakchisi edi, uni "Emireyts" qattiq hurmat qilardi. Biroq futbolchi juda kam sovringa ega chiqayotgandi. "Arsenal" o'z darajasini yo'qotib borayotgan bir vaqtda klubdagilar Sanches bilan shartnoma uzaytirmadi, Arsen Venger Aleksisni tekinga qo'yib yuborishni istamadi. Ammo chililik futbolchi o'tgan yilning yozida jamoada qoldi. Qishda "Siti" vakillari futbolchi bilan muzokara olib borayotgan bir vaqtda oraga "Yunayted"dagilar bordi. Ular Aleksis o'rniga Genrix Mxitaryanni berishga tayyorligini aytishdi. "Arsenal"dagilar esa pulni emas, yaxshi saviyali futbolchini tanlashdi va "rokirovka" amalga oshdi. Hozirda Sanches APLda eng ko'p maosh oladigan futbolchilardan biri. Albatta, u "Yunayted"da hali sovrin kiritganicha yo'q. Biroq MYU salkam "Siti" futbolchisini ilib ketishni uddalagandi.

Lukas Moura, "San-Paulu" - PSJ. "Manchester Yunayted" qolib ketdi

"CHelsi" Azar bilan shartnoma imzolaganidan keyin Fergyuson B planga o'tdi - Lukas Moura. O'sha vaqtlarda "San Paulu"ning 19 yoshli vingeri Braziliya termasi bilan Olimpiada-2012da omadli ishtirok etib, yozgi transferlar oynasining eng xaridorgir futbolchilaridan biriga aylangandi. "Yunayted"dagilar Mouraning vakillari bilan bir necha bora uchrashishdi. Uning ushbu jamoa safiga ko'chib o'tishi deyarli aniq bo'layotgandi. Biroq tomonlar hatto 30 mln evroga ham kelisha olishmadi. Braziliya jamoasi "Yunayted" variantida PSJ tufayli voz kechdi. Parij superklubi Moura uchun 42 mln evro to'lashga tayyorligini bildirdi. Oqibatda Lukas Franciyaga yo'l oldi.

Muhammad Saloh, "Bazel" - "CHelsi“. "Liverpul" qolib ketdi

Misrlik futbolchi "Liverpul" tarkibiga ancha yillar oldin borib qo'shilishi mumkin edi. U 17 uchrashuvda 17 gol urib, Brendan Rojersning etiboriga tushdi va 2014 yilda uni asosiy transfer rejasiga aylantirdi. "Liverpul" futbolchi uchun 8 mln evro to'lashga tayyor edi. Biroq yana bir davogar Joze Mourino 12 mln evro taklif qildi. SHu orqali "Liverpul"ga o'tishi deyarli hal bo'layotgan Saloh "CHelsi" azosiga aylandi.

Krishtianu Ronaldu, "Sporting" - MYU. "Arsenal" qolib ketdi

Yaqindagina Krishtianu Ronalduning transfer tarixini yozgandik. O'shanda portugaliyalik futbolchi "Real"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi. Biroq Ronaldu o'shanda "Arsenal" azosiga aylanishga yaqin turgandi. Buni Arsen Vengerning shaxsan o'zi malum qilgandi. O'shanda Karlush Keyrush Krishtianuni "Manchester Yunayted" tomoniga og'dirib olgandi.

Devid Bekxem, MYU - "Real“. "Barselona" qolib ketdiBeks "Yunayted" tarkibida ko'plab sovrinlarga ega chiqdi. Biroq 2003 yilda jamoada nizolar ko'payib ketdi. Bundagi asosiy rol Fergyusonga tegishli bo'ldi. Ser Aleks futbolchisining yuziga butsani otdi. SHundan keyin yarim himoyachi bilan "Barselona" muzokaralarni boshlab yubordi. Ishlar o'xshab turgan bir vaqtda "Real" ham futbolchi, ham klub uchun yaxshi taklif bilan chiqdi. Bekxem Madridga yo'l oldi.

Romelu Lukaku, "Everton" - MYU. "CHelsi" qolib ketdiYana MYU va yana Joze vaziyat qahramoni. Bir vaqtlar Lukaku Jozening "CHelsi"siga kerak bo'lmagandi, biroq u Kontening g'oyalariga mos tushardi. Diego Kosta jamoadan ketganidan keyin "aristokrat"larga hujumchi kerak edi va bunda Lukaku asosiy variantlardan biriga aylandi. Ko'pchilik Morata MYUga, belgiyalik esa "CHelsi"ga o'tishi kutilgandi. Avvaliga Lukaku "CHelsi"ga o'tayotgandek ko'ringandi. Biroq barchasi boshqacha tus oldi. MYU forvard uchun 85 mln funt to'ladi va o'z safiga qo'shib oldi.

Ronaldino, PSJ - "Barselona“. MYU qolib ketdiSer Aleks esa Ronaldinoning MYUga o'tishiga deyarli ishonch hosil qilib, uning vatandoshi Klebersonni jamoasiga transfer qilgandi. U orqali Ronaldino Manchesterga tezroq moslashib olishini mo'ljallagandi.

Ammo Laporta Bekxem tufayli Fergyusondan xafa bo'ldi. MYU braziliyalikning transferi uchun "Barselona"dan ko'proq mablag' taklif qildi. Biroq Ronaldino Laportaga vada bergani uchun "Barselona"ga o'tdi. U ushbu klub tarkibida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, afsonaviy futbolchiga aylandi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика