Romeu: "Biz "Barselona"ni qutqardik, ammo barcha muammolar hal bo'lgani yo'q"
28 sen 2022 22:31
Yangiliklar
Romeu: "Biz "Barselona"ni qutqardik, ammo barcha muammolar hal bo'lgani yo'q"
"Barselona" vice-prezidenti Eduar Romeu klubning moliyaviy holati haqida gapirdi.
"Barselona"ni qutqarishga erishdik, ammo barcha muammolar hal bo'lgani yo'q. To'liqligicha sog'lom holatda emasmiz. Bizga qatiy iqtisodiy siyosat va moliyaviy holatga jiddiy etibor kerak. Oldinda ishlarimiz ko'p.
Klub yaqin 5 yil ichida o'ziga kelib oladi. 2024/25 yilgi mavsumga kelib, o'z darajamizga qaytamiz. SHunday davrga kelgandikki, futbolchilarga maoshini to'lay olmayotgandik, qarzlarni yopishning iloji bo'lmagandi. Biroq xotirjamlikni saqlab qoldik va o'z ishimizni qilishda davom etdik.
Klub boshqaruv falokatini boshidan o'tkazdi, beqaror iqtisodiy holatga tushib qoldi, ko'plab homiylarimiz bilan janjallashishgacha bordik. Holatni to'g'irlash anchagina qiyin bo'ldi", - dedi Romeu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar