"Roma" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
12 jan 2023 20:38
Yangiliklar
"Roma" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Roma" rahbariyati ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ishlarini boshlaydi.
"La Gazetta dello Sport" xabariga ko'ra, klub yarim himoyachi Nemanya Matich bilan shartnomada ko'rsatilgan bir yilga uzaytirish bandini ishga solmoqchi. Himoyachi Kris Smolling bilan esa yaqin vaqtlar ichida muzokaralar boshlanadi. 2025 yil yoziga qadar shartnomasi bor fullbek klubda yiliga 1 mln evro maosh olmoqda. Rimliklar futbolchining maoshini oshirib, shartnomani bir yilga uzaytirmoqchi.
Serbiyalik xavbek ushbu mavsum 22 o'yinda 1 gol va 2 assist, angliyalik himoyachi esa 17 o'yinda 3 gol qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar