So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Rodolfo Arruabarrena: "Nasaf" mutlaq g'alabaga loyiq o'ynadi" Yangiliklar

Rodolfo Arruabarrena: "Nasaf" mutlaq g'alabaga loyiq o'ynadi"

OCHL "C" guruhining 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Vasl" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Rodolfo Arruabarrena ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda g'alabaga erishishdi. "Nasaf" butun bahs davomida katta ustunlik bilan o'ynadi. O'yin natijasi adolatli bo'ldi. "Nasaf" mutlaq g'alaba loyiq o'ynadi. Bizda kutilmagan jarohat va yo'qotishlar o'z so'zini aytdi. Yo'qotishlar esa jamoamizga o'z o'yinini namoyish etishiga halaqit berdi. O'yingacha yo'qotishlar bilan kelgandik. Birinchi bo'limdayoq Kaio safdan chiqqani vaziyatni yanada og'irlashtirdi. SHundan keyin o'yinga tayyorlab kelgan rejalarimiz o'zgarib ketdi, - deya gap o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Rodolfo Arruabarrena.

- "Al Vasl"ning bo'lajak ikkita uchrashuvdagi rejasi nimalardan iborat?

- Bizni oldinda chempionatdagi juda muhim uchrashuvlar kutmoqda. BAA ligasida etakchilardan biroz ortda qolyapmiz va shuning uchun ularga etib olish uchun barcha kuchimizni sarflashga harakat qilamiz. Bizni ayni paytda ichki chempionatdagi o'yinlar jiddiy o'ylantirmoqda.

- "Al Vasl"ning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Keling, avval Qatardagi o'yin natijasini kutamiz. SHundan keyin bir narsa deyish mumkin.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика