So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  31 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

Rodolfa Arrauabarrena: "Nasaf"ni Erondagi xatolarini takrorlashga majbur qilamiz va jazolaymiz" Yangiliklar

Rodolfa Arrauabarrena: "Nasaf"ni Erondagi xatolarini takrorlashga majbur qilamiz va jazolaymiz"

Osiyo chempionlar ligasining "C" guruhi doirasidagi "Nasaf" - "Al Vasl" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi va futbolchisi ishtirok etdi.

"Ertaga birinchi turda mag'lubiyatga uchragan jamoalar to'qnash keladi. Har ikkala jamoa g'alaba uchun kurashishi aniq. Bizni qanchalik og'ir bahs kutib turganini bilamiz. SHunga qaramay uyga muhim 3 ochko bilan qaytishni rejalashtirganmiz. "Persepolis"ga qarshi o'yinda "Nasaf" yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashga loyiq emasdi. "Nasaf" Erondagi bahsda bazi xatolarga yo'l qo'ygani ularga qimmatga tushdi. Biz ham ertaga "Nasaf"ni o'sha xatolarini takrorlashga va buning uchun ularni jazolashga harakat qilamiz", - deya gap boshladi Rodolfa Arrauabarrena.

Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. "Al Sadd"ga qarshi o'yinni yaxshi boshlagandik. Ammo uchrashuv finishiga yaqin tashabbusni raqibga topshirib qo'yish natijasida mag'lubiyatga uchradik. SHuningdek, yana bir jihatni aytib o'tish lozim, biz "Al Sadd"ga qarshi o'yin oldidan juda qiyin bahsni, yani derbini o'tkazgandik. Aynan "Al Nasr"ga qarshi bellashuvdan keyin jamoa tiklanishga ulgurmadi. Bu jihat ham mag'lubiyatga qaysidir jihatdan sababchi bo'ldi. Biz ertaga dastlabki ochkolarimizni ishlab olishimiz zarur.



Jarohatlar? Bazi futbolchilarda kichik jarohat mavjud. SHuningdek, Qarshiga to'liq tarkibda tashrif buyurmaganmiz. Tarkib borasida o'yindan oldin gapirishni xush ko'rmayman. Uchrashuvdan oldin kartalarni ochib tashlamoqchi emasman.


Kaioda kichik jarohat mavjud. Ammo, shunga qaramay uni Qarshiga olib kelganmiz. Fabio Lima esa BAAda qolgan. Limaning jarohati biroz jiddiyroq. SHu boisdan ushbu etakchi futbolchimiz biz bilan birga Qarshiga kelmadi.

OCHLdagi maqsad? Hozirdan biror narsa deyish mushkul. Jamoamiz uzoq yillik tanaffusdan keyin OCHLga qaytdi. "Al Vasl" OCHLda o'ynash borasida katta tajribaga ega emas. Jamoamiz tarkibidagi ko'plab futbolchilar uchun joriy mavsum debyut sanaladi. Biz barcha uchrashuvlarda yuqori maqsadni ko'zlagan holda o'ynaymiz. Yakunda nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.



Biz ko'proq hujumkor o'yinga tayangan holda o'ynaymiz. Hujumkor uslubda o'ynagandan keyin o'z-o'zidan himoyada ko'proq tavakkal qilishga to'g'ri keladi. Balki, shu boisdan o'tkazib yuborilgan gollarimiz ko'proq. Jamoaga kelganimga hali juda ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ammo himoyadagi bo'shliqlar borasida alohida ish olib borish rejamizdan o'rin olgan.



"Bizni juda qiyin o'yin kutmoqda. Jamoamiz chiroyli o'yin ko'rsatgan holda Qarshidan g'alaba bilan qaytmoqchi. "Nasaf"ni yaxshi o'rganib chiqdik. Ularni kuchli va kuchsiz taraflarini o'zimiz uchun belgilab olganmiz. SHuni qayd etib o'tish kerakki, "ajdarlar" jismoniy jihatdan ancha baquvvat va yaxshi ko'rsatkichga ega futbolchilardan iborat", - dedi "Al Vasl" futbolchisi Entoni Kaseres.

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика