"Rizespor" bayonoti: Husniddin Aliqulovning burni va yonoq suyagida sinish aniqlandi
16 mar 21:55
Yangiliklar
"Rizespor" bayonoti: Husniddin Aliqulovning burni va yonoq suyagida sinish aniqlandi
Bugun "Rizespor" Turkiya Superligasi 28-turida "Bodrumspor"ga qarshi bahs yuritib, 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Uchrashuv "Rizespor" va O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi uchun omadsiz yakun topdi. 22-daqiqada avtogol qayd etgan Aliqulov 44-daqiqada raqib bilan kurash chog'ida jiddiy jarohat oldi.
"Bodrumspor" bilan bahsning 44-daqiqasida raqib bilan kurashib, jarohat orttirib olgan futbolchimiz Husniddin Aliqulov Rajab Toyib Erdo'g'an nomidagi universitet talim va tadqiqot shifoxonasida dastlabki tekshiruvdan o'tkazildi. Natijada uning burni va yonoq suyagida sinish aniqlandi, davolanish jarayoni esa boshlandi.
Aliqulovga salomatlik tilaymiz va tezroq safimizga qaytishiga umid qilamiz", – deyiladi Turkiya klubi bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar