"Rivaldo, Mirjalol Qosimov, Davron Fayziev..." (6-son)
31 okt 2021 12:04
Yangiliklar
"Rivaldo, Mirjalol Qosimov, Davron Fayziev..." (6-son)

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?
- O'yinini ekran orqali kuzatganlarim orasidan bu — Ronaldino. Bu keyin "kuchli" tushunchasiga qanday yondashishga bog'liq. Mening o'lchovlarimda bu — Ronaldino.
- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz?
- 2008-2012 yillardagi "Barselona".
- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?
- Jamoaviy gollar. "Arsenal"da ko'p bunaqalari.
- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?
- Ser Aleks Fergyuson.
- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?
- Mirjalol Qosimov.
- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?
- Men ko'rganlarim ichida 2011 yildagi.

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?
- Rivaldo
- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.
- SHey Given - Patris Evra, Dani Alvesh, Serxio Ramos, Djon Terri - Devid Bekham, Ngolo Kante, Andres Inesta - Ronaldu, Messi, Levandovski.
- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting .
- "Lolazor", Murod Muhammad Do'st.
- Siz uchun baxt nimadan iborat?
- Xotirjamlik.
- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?
- Kasbiy etibor bilan olinsa, bu Davron Fayziev bilan tanishishim.
"8+3". Artur Gevorkyanning Rivaldo va CHerandan ustun tomonini bilasizmi? (5-son)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar