So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  5 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  17 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

Rifat Akramxo'jaev: "Lokomotiv"da erishgan natijalarim "Surxon"dagi faoliyatim davomida yordam berishiga ishonaman. Klublarning sharoitlarini solishtirish noto'g'ri" Yangiliklar

Rifat Akramxo'jaev: "Lokomotiv"da erishgan natijalarim "Surxon"dagi faoliyatim davomida yordam berishiga ishonaman. Klublarning sharoitlarini solishtirish noto'g'ri"

"Surxon" klubi yangi mavsum uchun murabbiy shtabini tasdiqladi. Unga ko'ra yangi mavsumda jamoani Rifat Akramxo'jaev bosh murabbiy sifatida boshqarib boradi.

Ushbu mutaxassis avvalgi yillarda "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasi, U-18 jamoasi bilan samarali faoliyat olib bordi. Rifat Akramxo'jaev uchun Termiz klubi begona emas, 2018 yil bir muddat bu jamoada faoliyat olib borganini muxlislar yaxshi eslashsak kerak. Jamoaning qishki yig'in doirasidagi dastlabki mashg'ulotidan so'ng murabbiyni suhbatga chorladik.

- "Surxon" jamoasidan tushgan taklifni qanday qabul qildingiz? Balki bu jamoa sizga begona emasligi tanlashingizga turtki bo'lgan omillardan biri bo'ldimi?

- Klubdan taklif tushgach xursand bo'lib qabul qilib oldim. Bir nechta murabbiylar orasidan meni tanlashgani uchun "Surxon" jamoasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Ularning bildirgan ishonchini oqlash uchun bor bilimimizni va shijoatimizni beramiz. To'g'ri, 2018 yilda jamoa Pro ligada ishtirok etayotganida murabbiylik qilgan edim, o'sha payt oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Umuman bu klub menda yomon taassurot qoldirmagan.

- Jamoa joriy yildan etiboran jamoaning mahalliy yoshlarga tayanishiga munosabatingiz qanday? Menimcha sizga bu qiyinchilik tug'dirmasa kerak, chunki sizda bu borada etarlicha malaka va ko'nikma shakllangan...

- Ha, yoshlarga etibor oshiriladi. Lekin yoshlarning o'zi bilan ish bitmaydi, boisi bu - Superliga. Elitada ishtirok etadigan har bir jamoaning o'ziga yarasha maqsadi bor. SHunday ekan bizning ham o'zimizga yarasha oldimizga maqsad qo'yganmiz. Yoshlarni atrofida tajribali va o'z ishining ustasi bo'lgan ijrochilarni jamlasak muvaffaqiyatga erisha olamiz. CHunki, tajribali futbolchilar oldida yoshlar ham tezroq o'sishga erishadi. "Lokomotiv"da erishgan natijalarim "Surxon"dagi faoliyatim davomida yordam beradi deb o'ylayman. Murabbiylar shtabidagi yordamchilarim ham bu borada ko'nikmaga ega.

- Kechadan qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishildi. Keyingi rejalar qanday? 

- Hozirda jamoani 80 foiz futbolchilar tark etgan. Sababi ularning shartnomasi tugagan, yuqorida takidlaganimdek yig'in davomida bir yoki ikki nafar emas undan ham ko'proq mahoratli ijrochilarni tarkibga jalb qilamiz. 

-  Ayni paytda sizni xavotirga solayotgan jihat nima? 

- Xavotirga solayotgan jihat shuki, yana qaytaraman hozirda tarkibda o'zgarishlar ko'p. Aksariyat futbolchilar bilan xayrlashilgan. Endigi maqsadimiz ketganlarning o'rnini to'ldirib futbolchilarga qarashlarimizni va uslubimizni singdirish. Bosh murabbiy sifatida faqat oldinga qadam tashlashni, raqobatbardosh jamoa shakllantirgan holda g'alabalar bilan muxlislarni xursand qilishni niyat qilganman. 

- Mahalliy yoshlar bilan ham Superligada munosib ishtirok etishingizga ishonyapsizmi? 

- O'ylaymanki, Superligada munosib ishtirok eta olamiz. Negaki, Surxondaryo viloyatidan yaxshi futbolchilar etishib chiqqan, hozir ham iqtidorlar etarlicha topiladi. Har bir jamoada bu viloyat tarbiyalanuvchilari bor. Hozirda Italiyada to'p tepayotgan Eldor SHomurodov ham Surxondaryodan. Ishonchimiz katta. Ammo, bu bosqichma-bosqich amalga oshadigan narsa. Birdaniga barchasi bo'lmaydi. Buning uchun astoydil ter to'kishimiz talab qilinadi. Futbolchilardan talab qiladigan birinchi narsam o'zini proffessional darajada tutishdir. Quruq iqtidorning o'zi kamlik qiladi. Qattiq mehnat va sabr talab qilinadi. 

- "Surxon"dagi sharoitlar qay darajada sizni qoniqtiradi? Murabbiy ko'ngildagidek ishlashi uchun sharoitlar ham yaratib berilishi kerak nazarimda, "Lokomotiv" bilan solishtiradigan bo'lsak baribir farq qilishi mumkin...

- Superligadagi har bir klub rahbarlari qo'l ostida ishonch bildirgan murabbiyga, futbolchilarga iloji boricha oliy darajadagi sharoitlarni yaratib berishga harakat qilishadi. Yaratib berilgan sharoitlarga javob o'laroq oldimizga qo'yilgan maqsad yo'lida barchamiz birgalikda jamoaviy tarzda yondashgan holda harakat qilishimiz lozim deb o'ylayman. Mening fikrimcha O'zbekistondagi har bir klubning akademiyasi va sharoitlari ijobiy holatda. Qaysidir klublarning sharoitlari bilan solishtirish noto'g'ri. Hozirda klublarning ayni vaqtda ushlab turgan "statusi" orqasida rahbariyatdan tortib oddiy ishchilarning mehnati va mashaqqati yotadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика