So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 2:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   5 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  2 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  10 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  6 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

Rifat Akramxo'jaev: "Andijon" muxlislariga tasanno!" Yangiliklar

Rifat Akramxo'jaev: "Andijon" muxlislariga tasanno!"

Superliga ikkinchi turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi. "Surxon" jamoasi mehmonda "Andijon" bilan bellashdi (1:0). Uchrashuvdan keyin "Surxon" bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.







O'yin haqida

- "Andijon" klubini g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarni ochilish o'yini bilan muborakbod etaman. Ular ajoyib muhit yaratishdi va o'z jamoalarini tinmay qo'llab-quvvatlashdi. Bu esa "Andijon"ga katta dalda bo'ldi. Jarima zarbasidan o'tkazib yuborgan gol rejamizni buzib qo'ydi. 

Yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi va yaxshi o'ynashdi. Vaziyatlarni yaratdik, ammo omadimiz kelmagani bois gol ura olmadik. O'ylashimcha, agar vaziyatlardan foydalana olganimizda, hisob boshqacha bo'lardi. Ikkinchi bo'limda ustunlikka ega bo'ldik va ko'plab hujumlarni tashkil qildik. Mezbonlar qarshi hujumda yaxshi o'ynashdi. 

- O'yindagi atmosfera, muhit haqida fikringiz?

- Hozir aytib o'tganimdek, muxlislar ajoyib muhit yaratib berishdi. Bunga faqat qoyil qolish kerak, tasanno! Bu qo'llab-quvvatlash "Andijon"ga qo'l keldi. Bunday atmosferada o'ynash yoqimli. Muxlislarga gap bo'lishi mumkin emas! 

- O'yindan keyin asosiy etirozingiz kimga bo'ldi?

- O'yin bo'yicha futbolchilarga hech qanday etiroz yo'q, xato hammada bo'ladi.

- Ikkinchi bo'lim oxirida yordamchi hakamga jiddiy etiroz bildirdingiz. Buni nima bilan izohlaysiz?

- Ayb qidirmoqchi emasman va ularni ishiga aralashishdan yiroqman, biroq ko'rgan narsamni aytyapman. O'sha vaziyatda Esonqulovni yiqitishgandi, meni odatim har doim hakamdan "nima uchun?" deb so'rayman. Bugun ham "jarima zarbasi bormi?" deb so'radim. Hakam esa "yo'q" dedi, shu. Boshqa etiroz bildirmadim.

- O'yin oxirida "Surxon" jamoasi "feyr-pley"ga rioya qilmadi. Bu sizning ko'rsatmangizmidi? 

- "Feyr-pley" deganda futbolchi futbolchini hurmat qilishini tushunaman. Vaqt cho'zayotgani ko'rinib turibdi, to'g'risini aytganda, bunday "feyr-pley" bizga kerak emas. Biz chiroyli futbol o'ynash tarafdorimiz. SHu bois to'p berilgani yo'q.

- Jamoangizdagi 6-raqamli futbolchi (Alisher Salimov) juda qo'pol o'yin ko'rsatdi, Uni shu tufayli zaxiraga oldingizmi?

- U bitta vaziyat bo'yicha etiroz bildirdi. Agar qo'pol o'ynaganida, hakam unga sariq yoki qizil kartochka ko'rsatib, jazo berardi. Uni almashtirganimizning sababi, hujumchini ko'paytirishga qaror qilgan edik.  

- "Surxon" jamoasining ushbu mavsumdagi maqsadi? 

- Maqsad – jangovar jamoa yaratib, g'alaba uchun o'ynash. Natija esa o'z-o'zidan kelaveradi. Rahbariyat bu borada bizni qo'llab-quvvatlab bormoqda. Barchasini mavsum oxirida bilib olamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика